So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Vitaliy Levchenko: "O'rtoqlik uchrashuvlarida tushgan tarkibni optimal, deb bo'lmaydi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "O'rtoqlik uchrashuvlarida tushgan tarkibni optimal, deb bo'lmaydi"

"Neftchi" jamoasining Toshkentda 12 dekabr sanasidan boshlangan dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etdi.

Jamoa mazkur yig'in doirasida bugun "Bunyodkor"ga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (0:1). Aytish mumkinki, murabbiylar shtabi mana shu bahslarda bir qator futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdi. Xo'sh, ular jamoada qoladimi? Yana qaysi chiziqlar kuchaytirilishi kerak? Bu borada o'yindan so'ng murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Bunyodkor" "Neftchi"ga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

— Birinchi yig'inimiz nihoyasiga etdi. O'zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqardik. O'rtoqlik uchrashuvlari, mashg'ulot jarayonlari reja asosida o'tdi, deya olaman. Legionerlar bilan bir qatorda yosh iqtidorlarni ham ko'rib olganimizni aytishim mumkin. Yigitlar o'zlariga individual yani yakka tartibdagi vazifalarni olishdi. 3 yanvar kuni yana Toshkentda yig'ilib 6 yanvar Turkiyaga yo'l olamiz. 

— Albatta o'rtoqlik uchrashuvlarida tushgan tarkibni optimal, deb bo'lmaydi. SHuningdek qandaydir natija ham talab qilmaymiz. Bunda o'yin formasiga kirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabatadzega kelsak, hujumchini yozdan boshlab kuzatishni boshlagan edik. U bilan barcha muzokaralar yakunlandi. Qaysi chiziqlar kuchayadi? Butun markazni kuchaytirishimiz kerak. 

— Abror haqida nima ham derdim, u o'z yo'lini tanladi. Bu uning qarori. Birgalikda olib borgan ishi uchun rahmat aytaman va omad tilayman. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика