Vitaliy Levchenko: "Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak"
10 mar 2024 20:42
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak"
"Bugun o'yin qiyin bo'lishini kutgandik. "Dinamo" 1-turda "Navbahor"ga yutqazgandi, raqib agressiv o'ynaydi deb o'ylagandik. Bizning vazifamiz emas bu bosimga dosh berish va qarshi hujumda gol urish edi. Bunga erishdik ham. Hozir biz uchun o'yin sifati emas natija muhim", - dedi Vitaliy Levchenko.
- "Neftchi" tarkibi juda ham yaxshi, natijalar ham yaxshilanmoqda. Farg'ona klubi nihoyat uzoq kutilgan chempionlikka erisha oladimi?
- "Neftchi" klubi oldiga doim katta vazifalar qo'yiladi. SHonli tarixga ega klubning katta natijalarini takrorlashga urinamiz.
- Effiong Nsungusi haqida nima deya olasiz?
- Uni uzoq vaqtdan buyon kuzatgandik. O'tgan yili ham unga qiziqqandik. Uning oldida ko'plab takliflar bor edi. Bir amallab uni ko'ndira oldik. Afsuski Turkiyadagi yig'inimizda ishtirok eta olmadi. Sababi negadir nigeriyaliklarga Turkiya vizasini berishmaydi. Ikki marta urindik, baribir viza berishmadi. Futbolchi O'zbekistonga uchib keldi va shartnoma tuzdik.
- "Navbahor" va "Paxtakor" o'yinlarini ko'rdingiz. Ular "Neftchi"dan kuchlimi?
- Bu mening ishim emas. Kim kuchliligini siz jurnalistlar aytishingiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar