So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  6 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Vitaliy Levchenko: "Agarda olib kelishni istagan futbolchilar bilan kelisha olsak, umid qilamanki, kelasi mavsumda jamoa kuchayadi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Agarda olib kelishni istagan futbolchilar bilan kelisha olsak, umid qilamanki, kelasi mavsumda jamoa kuchayadi"

Teglar :  Neftchi"Surxon"
Coca Cola Superligasining 26-turi doirasidagi "Neftchi" - "Surxon" uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Bugun yigitlarimning klassi sezilib turdi. Uchta gol - mavsumning mantiqiy yakuni. Jamoa oldiga qo'yilgan minimum vazifni bajarganidan xursandman - ular Superligada qolishdi va turnir jadvalida yuqorilashga erishishdi. Bu ajoyib natija deb ayta olmayman. SHunday bo'lsa-da, yigitlar kurashishdi, ularda xarakter paydo bo'ldi. SHu bois ularning turnir jadvalida ko'tarilishini adolatli deb hisoblayman.

- Kelasi mavsumda jamoa tarkibi qanchalik o'zgarishi mumkin?

- Bu futboldagi oddiy jarayon. Istalgan jamoada o'zgarishlar bo'ladi. Barcha jamoa kuchayishni istaydi. SHu sababli biz ham ishlaymiz, taxlil qilamiz, kuzatamiz. Agarda olib kelishni istagan futbolchilar bilan kelisha olsak, umid qilamanki, kelasi mavsumda jamoa kuchayadi. Jamoaning asosini saqlab qolishga harakat qilamiz. Ayrim futbolchilar atrofida o'yin qurib, ularga yaxshi sheriklar olib kelish kerak. SHundan keyin jiddiy vazifalar uchun kurashsa bo'ladi. 

- Kecha "Neftchi"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkinligi borasida xabar chiqdi. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Bu echsa bo'ladigan muammo. To'g'risi, futbolchilar bilan qancha qarzdorlik borligi haqida malumot bilmayman. Klub istalgan moliyaviy muammolarni hal qilishi mumkin. SHu sababli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga umid qilyapman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика