Vinisius: "Men uchun Azar bilan o'ynash juda oson"
25 iyu 2020 16:10
Yangiliklar
Vinisius: "Men uchun Azar bilan o'ynash juda oson"
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Junior La Liga 31-turi doirasidagi "Malorka"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Braziliyalik o'yinda hisobni ochdi va "qaymoqranglilar"ga 2:0 hisobda g'alaba qozonishga yordam berdi.
"Men o'yindan juda ham mamnunman, futboldan zavq olyapman. Jamoa va Zidan o'sishimga yordam berishmoqda.
Azar bilan o'ynash juda oson, biz chap qanotda birga ko'p ishladik. Biz ilk bor maydonga birga tushdik, agar Zidan shunday davom etishini xohlasa, unda birga o'ynaymiz", - deydi Vinisius.
19 yoshli o'yinchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar