Vinisius, Leau yoki Xvicha: dunyoning eng yaxshi chap qanot vingeri elon qilindi
01 okt 2024 11:55
Yangiliklar
Vinisius, Leau yoki Xvicha: dunyoning eng yaxshi chap qanot vingeri elon qilindi
Britaniyaning FourFourTwo portali navbatdagi reytingni elon qildi.
Bu safar portal jurnalistlari dunyo futbolidagi chap qanot vingerlarining TOP-10ni tuzishdi. Ro'yxatni shakllantirishda futbolchilarning oxirgi bir nechta mavsumdagi o'yinlari inobatga olingan.
Birinchi o'rin Madridning "Real" klubi va Braziliya termasi vakili Vinisius Juniorga nasib qildi. Ikkinchi pog'onaga "Milan"dan portugaliyalik Rafael Leau loyiq ko'rildi, kuchli uchlikni – Niko Uilyams ("Atletik") yakunlab berdi.
SHuningdek, TOP-10dan Xvicha Kvaracxeliya ("Napoli"), Jeremi Doku ("Manchester Siti"), Luis Dias ("Liverpul"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"), Kingsli Koman ("Bavariya"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad") va Son Xyon Min ("Tottenxem") o'rin olishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar