Vinisius 2ta o'yinga chetlatiladi, ammo "Real"...
04 jan 14:33
Yangiliklar
Vinisius 2ta o'yinga chetlatiladi, ammo "Real"...
"Real" Vinisius Juniorning qizil kartochkasini bekor qildirmoqchi.
Juma kuni "Valensiya"ga qarshi LaLiganing ko'chirilgan bahsida (2:1) Madrid klubi vingeri raqib posboni Stole Dmitrievskini turtgani uchun chetlatilgan edi.
"Real"dagilar bosh hakam Sesar Soto Grado va VARda ishlagan Munis Ruisning qaroridan norozi. Ularning fikricha, voqeada "Valensiya" posboni ham aybdor.
Oldinroq, Vinisius 4ta bahsga chetlatilishi mumkinligi aytilgandi, ammo diskvalifikaciya faqat 2ta bahsdan iborat bo'lishi malum qilinmoqda.
"Real" har qanday holatda apellyaciya beradi. Yakuniy qaror dushanbagacha elon qilinishi kerak. O'sha kuni "Qirollik klubi" Ispaniya Kubogi doirasida bahs o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar