So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  1 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

“Viloyat Hokim Kubogi-2018” musobaqasi qaysi sanada boshlanadi? Yangiliklar

“Viloyat Hokim Kubogi-2018” musobaqasi qaysi sanada boshlanadi?

SHu yilning 28 yanvar kuni Farg'onada ananaviy “Viloyat Hokim Kubogi-2018” xalqaro turniri start oladi.

Musobaqa 10 fevralga qadar davom etadi. Bu yilgi bahslar oldingi yillarga qaraganda boshqacharoq reglament asosida bo'lib o'tadi. Farg'ona viloyat futbol federaciyasi tomonidan berilgan malumotlarga qaraganda, bu yilgi bahslarda Ushning “Oloy” jamoasi ham qantashadi. Kuchli jamoalar bitta guruhidan o'rin olishadi va bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Jamoalar o'zaro o'yin o'tkazishadi va guruhda peshqadam bo'lgan jamoa bosh sovrin egasiga aylanadi.

Jamoalarning o'rinbosalari va Pro liga ishtirokchilari esa ikki guruhga bo'lingan holda eski reglament asosida alohida sovrin uchun kurashishadi.

Bundan tashqari, turnir tashkilotchilari ikkinchi liga jamoalarini alohida guruhga ajratib ular orasida ham musobaqa o'tkazishdi rejalashtirishgan.

Aytgancha, bu yil musobaqada qatnashish istagida bo'lgan Super liga va Pro liga jamoalari Farg'ona viloyat futbol federaciyasiga murojaat etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon va faks: (373)2445680, + 998916745060.


Bosh sovrin uchun kurashadigan jamoalar
Qo'qon – 1912 (Qo'qon)
Cementchi (Quvasoy)
Navbahor (Namangan)
Oloy (Osh, Qirg'iziston)
Neftchi (Farg'ona)
Mashal (Muborak)

Maxsus kubok uchun kurashadigan jamoalar
Qo'qon-1912-2
Cementchi-2
Navbahor-2
Oloy -2
Mashal-2
Andijon (Andijon)
Norin (Haqqulobod)
Yozyovon lochinlari (Yozyovon)
Istiqlol (Farg'ona)
SHahrixon (SHahrixon)
O'z Tong Xong Ko (Andijon)


Abror Dehqonov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика