So’nggi yangiliklar

17:10Мареска ишдан бўшатилди  0 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3

Viktor Kumikov: "Bunday jamoalar bilan o'ynash doim og'ir" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Bunday jamoalar bilan o'ynash doim og'ir"

“Andijon” – “Zomin” (2:1) uchrashuvidan keyingi o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Viktor Kumikov qatnashdi.

O'yin haqida

-  O'zingiz ko'rdingiz, shiddatli o'yin bo'ldi. Bunday jamoalar bilan o'ynash doim bizga og'ir bo'ladi. Ularda ruhiy tomondan hech qanaqa bosim yo'q. Bizga esa g'alaba zarur. Ularda bosim yo'qligi uchun hujumlari xavfliroq chiqdi. Bizda aksincha. Biroz asabiy uchrashuv bo'ldi. Raqibda bir yarim taym davomida bittagina zarba bo'ldi. O'zimiz xato qildik va gol o'tkazdik. Asosiysi, g'alaba qozondik. Bundan keyin ham oldinga intilamiz. Keyingi o'yin ham oson bo'lmaydi. CHunki navbatdagi raqib “Yangier”.

-  To'g'ri, “Andijon” yutdi. Ammo g'alabadan hamma ham xursand emas. Bilamizki, sizni taktikangiz asosan qanotlardan to'p uzatilishi orqali amalga oshadi. Bir xil taktikadan foydalanilyapti...

-  Boshqa murabbiy va futbolchilarni olib kelinglar! Yaxshi o'yinchilarni sotib olinglar, xohlasanglar “Barselona”ga o'xshab o'ynanglar. Mening uslubim esa shunaqa. Yaxshi o'ynasang ham bazi odamlar bor, ularga yoqmaydi. 99 foiz hamma xursand. Muxlislarni, futbolchilarni ko'ring, barcha quvondi. Hamma qarsak chalyapti...

-  Bugun negadir asosiy himoyachilar - Ildar Mamatkazin bilan Vladimir Bubanyaning o'yini unchalik qovushmadi. Bunga nima deysiz?

-  To'g'ri, Ildarni birgina xatosi bo'ldi. Ammo biz 20 ta imkoniyat yaratdik. Har doim shunaqa, hatto 10:0 ga yutsak ham gapirishadi. Axir inson bunday bo'lmaydi. Agar rahbariyat meni ishimdan qoniqmasa, arizamni yozishim mumkin. “Andijon” doim “Barselona” singari o'ynganmi? Siz shunday o'ylaysizmi? Xuddiki, men kelib jamoaning o'yini o'xshamay qolgandek...

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика