So’nggi yangiliklar

03:48Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди"  1 03:03ЖЧ саралаши. Швейцария ва Грецияда ғалаба, Дания ўз уйида Беларусни мағлуб этолмади ва бошқа натижалар  0 02:03ЖЧ саралаши. Испания Грузияга жавобсиз 4 та гол урди, Туркия, Австрия ва Уэльсда ҳам ғалаба  0 01:17U-17 ЖЧ. Нимчорак финал ўйинлари вақти маълум бўлди  4 00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  4 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  9 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  0 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  261 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  3 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  17 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  5 21:06U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/8 финалга чиқса асосий ҳимоячимиз майдонга туша олмайди  8 20:50Максим Шацких: "Ҳаммасига ўзим айбдорман"  13 20:47Вадим Абрамов: "Чемпионат тугашига иккита тур қолганида масъулиятни тўлиқ ҳис қилиб турибмиз"  7

Viktor Karpenko: "O'zbekiston maydonga hujumchi bilan tushgan o'yindagina ishonchli g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "O'zbekiston maydonga hujumchi bilan tushgan o'yindagina ishonchli g'alabaga erishdi"

O'zbekiston terma jamoasi nimchorak final doirasida Tailanddan ustun keldi va chorak final chiptasini qo'lga kiritdi.

Oldinda Qatarga bilan qarama-qarshilik kutmoqda. Umuman olib qaraganda chorak finalda O'zbekiston uchun o'z darajasidagi raqib tushdi. Har xolda shu paytgacha Qatar bilan o'yinlarda katta muammolarga duch kelmaganmiz. O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Viktor Karpenko ham bu boradagi fikrlarini bildirdi. 

- Guruhdagi birinchi va kuni kecha bo'lib o'tgan Tailand bilan o'yinni solishtirganda, terma jamoamiz o'yindan-o'yinga qo'shib bormoqda. Ishonchli harakat qilmoqda. Guruh bosqichida mag'lubiyatga uchraganimiz yo'q. Nimchorak finaldagi raqibimiz esa darvozasidan birortga gol o'tkazib yubormagan Tailand edi. O'zbekiston bu jamoaga 2ta gol urdi va chorak finalga chiqdi.  

- Terma jamoamizning barcha uchrashuvlarini kuzata turib shuni aytishim mumkinki, hujumchisiz harakat qilganda emas, forvard bilan yanada yaxshiroq o'ynashimizga guvoh bo'ldim. Maydonda hujumchi bo'lgan uchrashuvda biz ishonchli g'alabaga erishdik. SHomurodov yo'q, Sergeev jarohat olgan. Maydonda men Bobir Abdixoliqovni ko'rishni istardim. O'ylaymanki, murabbiy to'g'ri qaror qabul qiladi. 


- Har bir Osiyo Kubogida mezbonlarda imkoniyat ko'proq bo'ladi. Ular favorit deya qaraladi. Qatar o'z maydonidagi o'yinlarda ishonchli o'yin ko'rsatib, chorak finalga etib keldi. Ular o'tgan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatni yana takrorlashni istashlari tabiiy. Oson bo'lmaydi. Lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Barchasi maydonda hal qilinishi kerak. Ikki jamoa ham bir-biriga munosib. Terma jamoamiz o'zining kuchli sifatlarini ko'rsatib, yarim finalga yo'llanma oladi, degan umiddaman. 

- 2011 yilgi Qatarga qarshi bahs musobaqaning ochilish uchrashuvi bo'lgan. O'yindan oldin, uchrashuv atrofida OAV katta ajiotaj ko'targani yodimda. Ular turnirni g'alaba bilan boshlashni istardi. Lekin biz ham bu turnirgacha uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rganmiz. O'sha oqshomda g'alaba bizniki edi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика