So’nggi yangiliklar

20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  4 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  15 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   15 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  21 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  10

Viktor Jalilov: "Hakamlar natijaga tasir ko'rsatadigan xatoga yo'l qo'yishdi, deb o'ylamayman" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Hakamlar natijaga tasir ko'rsatadigan xatoga yo'l qo'yishdi, deb o'ylamayman"

Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashadi.




 - Og'ir o'yin o'tkazdik. Har ikki jamoa mavsumni mag'lubiyat bilan boshlagandi. Bu futbolchilarga ruhiy zarba bo'ladi. Ishqibozlaring ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchrash og'ir albatta. Bugungi o'yindagi hisob adolatli bo'ldi. Har ikki jamoada qulay imkoniyatlar bo'ldi. Qaysidir jamoa yutqazsa alam qilardi. Albatta, "Navbahor" g'alaba qozonsa yaxshi bo'lardi. Lekin futbolda shunday holat ham uchrab turadi. Mirzohid G'ofurovning jarohat olishi ham bizga pand berdi.

- Selekciya ishlar bo'yicha gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Transfer oynasi yopilgan. Endi ixtiyorimizdagi futbolchilardan imkon qadar foydalanishga harakat qilamiz. Ularning poziciyasi bo'yicha aniq to'xtamga kelamiz. Kelganimga uzoq bo'lmadi, vaqt o'tgani sari futbolchilarning imkoniyatlariga qarab, ularning kuchayishlarini taminlaymiz. "Nasaf" o'tgan mavsum bejiz ikkinchi o'rinni egallamadi. Ajoyib yoshlari bor, malakali murabbiyi bor, ularning safidagi yoshlar hech bir jabhada tajribali futbolchilardan qolishmadilar. Kimgadir mahorat etishmadi, kimdir yaxshi tayyorgarlik ko'rmagan bo'ladi. Qisqa muddat ichida hamma kamchiliklarni tuzatish imkonsiz. "Lokomotiv" bilan o'yinda qandaydir omad kulib boqqandir, "Nasaf"da esa o'yinning yaxshi tashkil etilgani o'yin og'ir o'tishiga sabab bo'ldi. Yigitlar g'alaba uchun astoydil harakat qilishdi.

- Hakamlar uchun ham o'yin og'ir o'tdi. Kurash ko'p bo'ldi. Hakamlar natijaga tasir ko'rsatadigan xatoga yo'l qo'yishdi, deb o'ylamayman. Boshqa vaziyatlarni esa hakamlar qo'mitasi o'zi ko'rib chiqadi, bu borada hech narsa deyolmayman.

- "Lokomotiv" bilan o'yinda markazdagi futbolchilarimizga ko'p og'irlik tushdi. Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytirishdi. Mashg'ulotlar va o'yinlar payti futbolchilarning imkoniyatlarini chamalab, shunga ko'ra ularni o'yinga tushiryapman. Bugun bitta majburiy o'zgarishni amalga oshirganimiz ham yaxshi bo'lmadi.

- Barchangiz ko'rdingiz, futbol jurnalistlari, sharhlovchilar, muxbirlar, blogerlar hamma ko'rdi. Kimningdir o'yini qovushmaganini ko'rdingiz. Futbolchilardan kimdir charchab qoldi, kimdir xatolarga yo'l qo'ydi. Buni albatta, jamoa bilan tahlil qilamiz. Hammaga kamchiliklarini ko'rsatamiz. Umumiy olganda, 70-80 foiz holatda jamoamiz o'yini meni qoniqtirdi. Qolgan 20-30 foiz holatda kuzatilayotgan kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Bilasizmi, Davronbek Hoshimov o'yin oxiriga yaqin almashtirishimizni so'radi, mushaklarida muammo kuzatildi. Islom himoyaga yordam berolmasligini aytdi, Abbos esa bu borada yordam berishini bildirdi. SHuning uchun Abbosni Islomning o'rniga tushirdik. SHu tariqa Abbos Davron Hoshimovga yordam berib turdi. Bu vaziyatda SHohruh Mahmudhojievni maydonga tushirish imkoniyati qolmagandi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика