So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  1 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Videomaqola: Yoshlar o'rtasidagi JCHda porlagan yulduzlar yodingizdami? Yangiliklar

Videomaqola: Yoshlar o'rtasidagi JCHda porlagan yulduzlar yodingizdami?

2003 yil bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Maskerano va Inesta O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgani yodingizda bo'lsa kerak.

Ilk marotaba 1977 yil Tunisda bo'lib o'tgan musobaqada Sobiq Ittifoq terma jamoasi finalda Meksikani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi. O'sha musobaqada jahon futboli muxlislari ilk marotaba Vladimir Bessonov degan nomni eshitgan edilar. Bir yil avval Evropa chempioni bo'lgan futbolchi, JCHning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 


Oradan ikki yil o'tib JCH bizga 20 asrning eng yaxshi o'yinchilaridaan biri Diego Armando Maradonani ko'z-ko'z qildi. Mashhur argentinalik hujumdagi tandemi Ramon Dias bilan birga terma jamoasini finalga qadar olib chiqa oldi. Finalda Sobiq Ittifoq terma jamoasi 3:1 hisobda taslim etildi. Ko'pchilik Argentinaning kelajagi sifatida Diasni ko'rsata boshladi. Boisi, turnirning eng yaxshi to'purari, chempionatning "eng yaxshi futbolchisi" unvonini ham qo'lga kiritgan edi. Musobaqa davomida ikki marotaba xet-trik qayd etdi. Ammo, keyingi omad qushi Maradonani boshiga qo'nishni maqul ko'rgan.


Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tgan kichik mundialda Braziliyaga teng keladigani topilmadi. Keyinchalik MTJ safida ham jahon chempioni bo'lgan Bebetto va Dunga yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida yulduzli onlarini o'tkazdilar. Marko van Bastenga ega Gollandiya terma jamoasi esa chorak finalda Argentinaga imkoniyatni boy beradi. 


1985 yilgi jahon chempionatida muxlislar, keyinchalik milliy terma jamoadan ham o'z o'rniga ega bo'lgan Taffarelning seyvlarini ko'radilar. Musobaqada Braziliya terma jamoasi finalda ispaniyalik tengqurlarini 1:0 hisobda mag'lubiyatga uchratgan edilar.


1987 yilgi yoshlar o'rtasidagi JCHda Sobiq Yugoslaviya terma jamoasi zafar quchdi. Zvonomir Boban, Predrag Miyatovich va Davor SHuker yoshlar o'rtasidagi JCHda o'z o'yinlari bilan muxlislar nazariga tushdilar. 6ta gol urib musobaqa to'purari bo'lgan Davor SHuker, oradan 11 yil o'tib Franciyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham huddi shuncha gol urgan holda to'purar bo'ldi. Faqat terma jamoasi uchinchi o'rin bilan chegaralandi. Bu safar SHuker Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgandi.


1989 yilgi JCH to'purari bo'lgan Oleg Solenko SHuker kabi oradan 5 yil o'tib kattalar o'rtasidagi mundialda to'purar bo'lgan edi. Portugaliyaning g'alabasi bilan tugagan musobaqa bizga Braziliyadan Soni Andreson va Ispaniya futboliga raqobatni olib kirgan Diego Simeoneni taqdim etdi.


Oradan bitta JCH o'tib esa dunyo Luish Figu bilan yaqindan tanishdi. Portugaliya o'z maydonida o'tgan JCHda g'alaba qozondi. Rui Koshta, Luish Figu va Joao Pintoni o'z safiga qo'shib olgan portugallar finalda Jiovani Elberi bor bo'lgan Braziliyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi. 


So'nggi yigirma yil ichida ham JCH bizga ko'plab yulduzlarni taqdim eta oldi. O'z paytida Osiyo yulduziga aylana olgan yaponiyalik Xidetoshi Nakata, "Inter" to'purari Adriano va "Real"dan ketib madridliklarni jazolagan Fernando Morentes. Xuan Roman Rikelme va Esteban Kambyasso. Franciya terma jamoasidan esa Terri Anri, David Trezege va Nikolya Anelka. "Barselona" yulduzdari Xavi, Ronaldino, Inesta va Messi ham bir paytlar yoshlar o'rtasidagi JCHlarda javlon urgan edilar. 


Yodingizda bo'lsa, o'zbek futbol muxlislari ham Nesterov va Geynrix kabi o'yinchilarimizni aynan 2003 yil bo'lib o'tgan jahon chempionatida taniy boshlagan edik. Bundan ikki yil avval Turkiyada bo'lib o'tgan JCH esa jahon futboliga Pol Pogbani taqdim etdi.


TAS-IX



Youtube




Yana ikki kundan keyin boshlanadigan mundial bizga kimlarni taqdim etadi, albatta buni keyingi to'rt besh yildan keyin bilib olamiz.


FIFA.com malumotlari asosida Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика