Vidal: "Bavariya" Bundesliga jamoasi bilan emas, dunyoning eng kuchli klubi bilan o'ynaydi. Levandovskini esa Messi bilan solishtirib bo'lmaydi, Leo o'zga sayyoradan"
14 avg 2020 12:00
Yangiliklar
Vidal: "Bavariya" Bundesliga jamoasi bilan emas, dunyoning eng kuchli klubi bilan o'ynaydi. Levandovskini esa Messi bilan solishtirib bo'lmaydi, Leo o'zga sayyoradan"
"Ertaga yilning eng muhim o'yini, keyingi bosqichga chiqishni juda ham xohlayapmiz. "Bavariya" Germaniya Kubogi va Bundesligasini yutgan holda, ajoyib yilni o'tkazmoqda. Qiyin o'yin kutib turganini bilamiz, ammo yaxshi o'yin bo'ladi. Agar biz kerakli ishni qila olsak, keyingi bosqichga yo'l olamiz. Flik imkoniyat olgandan beri ajoyib ishlamoqda. U ikki sovrinni qo'lga kiritdi va o'ylaymanki, u jamoani yana boshqarishga loyiq.
"Bavariya" har erda va har doim favorit. Men u erda bo'lganman va buni his qilganman. Ular Germaniya Bundesligasidagi jamoaga qarshi o'ynashmaydi, balki dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.
Levandovski - juda xavfli futbolchi. Uning qanday o'sganini va mashg'ulotlar qilganini ko'rdim. Uni to'xtatish juda qiyin bo'ladi. Ammo uni Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi, chunki Leo o'zga sayyoradan", - deydi Vidal.
Eslatib o'tamiz, ECHL chorak final doirasidagi "Barselona" - "Bavariya" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar