So’nggi yangiliklar

20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  7 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  3 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  2 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  9 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  8

Vesko Steshevich: "Haqiqiy erkakcha futbol guvohi bo'ldik va durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Haqiqiy erkakcha futbol guvohi bo'ldik va durang adolatli natija bo'ldi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Jangovar o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham kurashdi. To'g'ri, o'ta sifatli bahs guvohi bo'lmagan bo'lsak ham, ammo kurashlarga boy erkakcha futbol bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita xavfli vaziyatga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda esa gol urdik, ammo keyin raqib bosimi bardosh bera olmadik va gol o'tkazib yubordik. Durang haqli natija bo'ldi. Bugun haqiqiy futbol bayrami bo'ldi.

- Darvozabon Rahimjon Davronovning sog'lig'i qanday? Darvozaboningiz o'yin vaqti oyog'ini sindirib olganidek voy-dod qildi.

- O'yindan so'ng uni ko'rganim yo'q. Lekin kiyinish xonamizga tez yordam xodimlari kelgani yo'q. Menimcha hammasi joyida

- "Metallurg"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi davom etmoqda, ammo jamoa o'yindan o'yindan o'smoqda. "Paxtakor"ga qarshi jamoa yomon o'ynamagandi. "Qizilqum"ga qarshi kechgan uchrashuvda esa penalti va ikkinchi bo'limdagi ustunlik. Bugun ham jamoangiz durang qayd etdi. So'ngi bahslarda jamoangiz namoyish etayotgan o'yinga baho bersak. Jamoangizning uzoq kutilgan g'alabasi yaqinmi?

- Fikringizga qo'shilaman. Biz o'yin sifatini yaxshilab bormoqdamiz. Sizning xolis fikringiz shunday bo'lsa, demak biz o'sishga erishibmiz. O'tgan o'yinlarda o'zingiz ko'rdingiz. "Qizilqum"ga qarshi nafaqat amalga oshirilmagan penalti, balki Daler SHaripovda bo'lgan bir nechta xavfli imkoniyat. Bugun SHaripov gol urdi. Ayrim bir jihatlarda biroz omadimiz kelmayapti. Bugun ham yomon o'ynamadik. G'alabamiz yaqinligiga ishonaman.

- Birinchi turdan so'ng Zabihillo O'rinboev aprel oyida safga qaytadi degan edingiz. Yangi harid qilingan hujumchi Jorjevichga ishonch bildirmayapsiz. Bugun u faqatgina ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. O'rinboevning yo'qligi jamoangiz tashkil etayotgan hujumlarning samaraligiga tasir o'tkazmoqda. O'rinboev qachon safga qaytishi haqida malumot bersangiz va yangi hujumchiga nega ishonch bildirmayapsiz?

- O'rinboev og'ir jarohat oldi. Taxminan 10 kunlardan so'ng u jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Biz Jorjevichni ham, Boydullaevni ham va SHaripovni ham hujumda sinab ko'rmoqdamiz. Jorjevichga hali vaqt kerak. Unga hali etarlicha imkoniyat beraman. Futbolchining sport holatiga qarab tarkib tanlaymiz.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика