"Chelsi"ning ikki futbolchisi safga qaytdi va "Aston Villa"ga qarshi o'yinga tayyor
25 dek 17:51
Yangiliklar
"Chelsi"ning ikki futbolchisi safga qaytdi va "Aston Villa"ga qarshi o'yinga tayyor
Londonliklar yaqin kunlarda APL doirasida "Aston Villa" bilan bahs olib boradi.
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska hujumchi Liam Delap hamda vinger Estevao tiklanib, o'yinga tayyor ekanini tasdiqladi. Ikki futbolchi ham "Aston Villa"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, matbuot uchun o'tkazilgan brifingda Mareska yarim himoyachi Koul Palmer 90 daqiqa o'ynashga tayyor ekanini qo'shimcha qildi.

"Aston Villa"ga qarshi uchrashuv 27 dekabr, shanba kuni "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tadi. Ayni paytda "Chelsi" 29 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi, Birmingem klubi esa 36 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar