So’nggi yangiliklar

07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  2 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4

Vesko Steshevich: "Bugungi uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Bugungi uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "Metallurg" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng Bekobodliklar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- O'yin kurashlarga boy kechdi. Ikki jamoa ham bugun maydonda yaxshi kurashdi. Birinchi bo'limda teng bahs bo'ldi, tanaffusdan keyin esa biz raqibdan yaxshiroq o'ynadik va ko'p vaziyatlar yaratdik. Birinchi bo'lim so'ngida penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldik. Lekin 11 metrlik zarbadan unumli foydalana olmadik. O'yin sifati va ishtiyoq bugun yaxshi darajada edi. Yigitlarga rahmat aytaman.

- Bugungi uchrashuvda futbolchilaringiz ko'plab xavfli vaziyatlarni ko'kka sovurishdi. Bunga sabab nima?

- Ko'pgina xavfli vaziyatlarimiz Daler SHaripovda bo'ldi. SHaripov hali yosh, unga tajriba etishmagandir. Biroq u golni urishni istagani aniq. Birga bir vaziyatlarga ega bo'layotgani yaxshi jihat, endi ulardan unumli foydalanish haqida o'ylashi kerak.

- Bugun tajribali himoyachi Davron Ergashev maydonga tushmadi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- "Paxtakor"ga qarshi so'ngi uchrashuvdan so'ng bir nechta rotaciyaga qo'l urishimiz kerak edi. Sababi bor yo'g'i uch kun vaqtimiz bor edi, raqibimiz "Qizilqum" esa bizdan bir kun ko'proq vaqtga ega edi. "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda 4ta gol o'tkazib yuborganimiz meni qoniqtirmadi. Bugun nafaqat Ergashev balki boshqa futbolchilar ham zaxirada qolishdi.

- Bugun jamoangiz penaltidan foydalana olmadi. 11 metrlik zarbani ijro futbolchi bunday holatga tayyor emasdek tuyuldi. SHunga qaramay, nega aynan Ubaydullaev penalti tepish imkoniyatini taqdim etdingiz? O'tgan turda boshqa futbolchi penaltidan gol urgandi.

- "Lokomotiv"ga qarshi kechgan dastlabki turdagi uchrashuvda Ubaydullaev 11 metrlik zarbani ijro etgandi. So'ngi turda esa Milishkovichga ushbu vazifani ishonib topshirgan edik. VAR tizimining yakuniy qarorini kutish futbolchiga noqulay. Ijrochi qo'shimcha bosim his etishi mumkin. Balki shu jihat Ubaydullaevga tasir o'tkazgandir.

- Jamoangiz musobaqa jadvalining so'ngi pog'onalaridan joy olgan. Ushbu vaziyatni qanday to'g'irlamoqchisiz?

- Bor kuchimizni ishga solib, mehnat qilishda davom etmoqdamiz. Yigitlar ham g'alaba qozonishga maksimal tarzda harakat qilishmoqda. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozona olamiz degan umiddaman.

- Bugun jamoangiz ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko qo'lga kiritdimi?

- Bugungi uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика