Vesko Steshevich: "Birinchi bo'limda jamoamizni tanimadim"
08 mar 2024 18:43
Yangiliklar
Vesko Steshevich: "Birinchi bo'limda jamoamizni tanimadim"
Superliga 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan so'ng bekobodliklar ustozi Vesko Steshevich fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin haqida
- Biz birinchi bo'limda yomon o'ynadik. Maydon markazida ko'p marta to'p yo'qotdik. O'yin unchalik o'xshamadi.
Birinchi bo'limdagi jamoamizni tanimadim. Biz ko'prog'iga loyiqligimizni bilaman.
Ikkinchi taymda biroz o'yinni o'zgartirdik va "So'g'diyona" bilan teng o'yin ko'rsatdik.
- "Metallurg" ochko yo'qotdimi yoki natijadan rozimisiz?
- Bunday o'yindan keyin natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman.
- Jarohatlangan Rizo Yazdando'stning holati qanday?
- Hozircha bilmayman. SHifokor bilan suhbatdan so'ng bilib olamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar