Venger JCH-2026 qanday formatda o'tishi haqida gapirdi
05 dek 2022 10:39
Yangiliklar
Venger JCH-2026 qanday formatda o'tishi haqida gapirdi
Hozirgi kunda FIFAning Global rivojlanish bo'limida ishlayotgan Arsen Venger JCH-2026 formati hozircha nomalum ekanini tan oldi.
"Keyingi Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi, ammo biz hozircha u qanday formatda o'tishini hal qilmadik. Uchta variant mavjud – 4 ta jamoadan 12 ta guruh, 3 ta jamoadan 16 ta guruh va 24 ta jamoadan 2 ta guruh. Qaror FIFA Kengashining kelasi yilgi yig'ilishida qabul qilinadi", – dedi Venger ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
2026 yilgi Jahon chempionatiga uchta davlat – AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Jahon chempionatining final qismida tarixda ilk bor 48 ta jamoa qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar