Vaskes: "Krishtianu Ronalduning o'rniga maydonga tushishdan qo'rqmayman"
27 apr 2016 10:46
Yangiliklar
Vaskes: "Krishtianu Ronalduning o'rniga maydonga tushishdan qo'rqmayman"
"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi yarim final bahsi haqida fikr bildirdi.
"Bugun yomon o'yin o'tkazmadik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Afsuski, gol ura gomadik, ammo Pepe va Xeseda qulay imkoniyatlar bo'lgandi. Hech qisi yo'q. Krishtianu Ronalduning o'rniga maydonga chiqishdan qo'rqmayman, o'zimga ishonaman. Bunday imkoniyat uchun murabbiydan minnatdorman.
Durang - yaxshi natija emas, javob uchrashuvida o'tkazib yuborilgan har bir gol bizga qo'shimcha muammo olib keladi, ammo biz g'alaba qozonishimizga ishonamiz" - deydi Vaskes.
Fikrlar