Van Gal - durang haqida: "Yutib turgan vaqtimizda to'pni ushlab turishimiz kerak edi"
14 noy 2021 11:13
Yangiliklar
Van Gal - durang haqida: "Yutib turgan vaqtimizda to'pni ushlab turishimiz kerak edi"
Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Lui van Gal JCH-2022 saralashi doirasida CHernogoriya bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.
Qayd etish kerak, niderlandiyaliklar 82-daqiqada ham 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.
"Barchasi o'z qo'limizda bo'lib turgan vaqtda o'zimizni ko'rsata olmadik. Nimadir deyish qiyin. Ular 5-4-1 sxemasida o'ynashdi va shu sababli hujumga o'tishga qiynaldik. 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda esa to'pni ushlab turishimiz kerak edi. To'pni yo'qotdik va jazolandik.
Natijani to'g'ri qabul qilish kerak. O'yinni taxlil qilamiz va Norvegiyaga qarshi o'yinga tayyorlanamiz. JCHga chiqish uchun katta imkoniyatni boy berdik. Ammo guruhdagi holatimiz anchagina yaxshi", - dedi van Gal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar