So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  9 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  61 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Van Deyk o'n yil oldin va hozir Yangiliklar

Van Deyk o'n yil oldin va hozir

O'tgan yili qishda "Liverpul" butun dunyoni larzaga keltirdi.

75 million funt - himoyachi uchun tarixda hech qachon to'lanmagandi (Xarri Maguayrdan oldinroq) va bu shartli ravishda Serxio Ramos yoki giperiqtidorli Matteys de Ligt uchun emas, balki o'rtamiyona hisoblanmish "Sautgempton"klubidagi Virjil van Deyk uchun to'landi.

Oradan bir yarim yil o'tdi va mersisaydliklar sarmoyasi o'z samarasini bergani aniq bo'ldi. Yurgen Klopp o'z safiga ideal markaziy himoyachini qo'shib oldi, u Premer-liganing butun mavsumida biror marta hech kimga birga-bir vaziyatda aldanmadi. Faqat o'tgan hafta "Arsenal" safiga yangi kelgan Nikolas Pepe buni uddaladi. O'ylab ko'ryapsizmi? 50ta o'yinda birinchi marta!

Endi Virjil "Liverpul"ga CHempionlar Ligasi sovrinini olib keldi va Evropaning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi (ha, bu Messi va Ronaldu emas!)

O'n yil oldin hech kim van Deykka katta martaba vada qilmagandi. "Liverpul"ning bo'lajak yulduzi 17 yoshida ona shahri Bredaning boy hududida joylashgan OncleJean restoranida idish yuvuvchi bo'lib ishladi. Van Deyk soatiga 4 evro + choychaqaga ega bo'ldi. Bu paytda bazi o'spirinlarning top-klublarda millionlab mablag'ga ega bo'lgan shartnomalari bor edi.  

Van Deykning sobiq ish joyi

Bredada hech kim himoyachining istedodini payqay olmadi, shuning uchun u mashg'ulotlarga doimiy ravishda Villem II joylashgan qo'shni Tilburgga qatnardi. Van Deyk Bredaga poezdda 30 daqiqada qaytib kelardi, keyin vokzaldan velosiped olib, OncleJean’dagi ishiga kelish uchun taxminan 15 daqiqa vaqt sarflagan. Bu har kuni takrorlangan.

Bilamizki, Gollandiyada yosh istedodlar bilan qanday ishlashni bilishadi. Ushbu mamlakatning ko'plab 18-19 yoshli futbolchilari allaqachon professional va mohir futbolchi bo'lib ulgurishgan. Ammo, van Deykning holati Gollandiyaga xos holatda emas. Hatto “Villem II” unga ozroq imkoniyat bermadi va xotirjam ravishda Groningenga kuzatib qo'ydi.

 

O'sha paytda Tilburg shahri jamoasini "Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Alfons Gronendayk boshqargan. U nega van Deyk o'z klubida debyut qilmaganligini tushuntirib berdi.

"Virjil atigi 17 yoshda edi va jamoa ligada qolish uchun kurashayotgandi. Van Deyk yoshlar jamoasida edi, shuning uchun tan olishim kerak, men u qanday o'ynaganini ko'rmaganman va  uning kimligini ham bilmasdim. O'sha paytlar menga yoshlar jamoasida bir nechta iqtidorli yigitlar borligini aytishdi, ammo siz ligadan tushib ketayotgan paytingizda, yosh bolalarni jangga tashlash haqida o'ylamaysiz", - dedi Gronendayk The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

Van Deykni o'sha paytda "Groningen"da ishlagan va hozirda "Ayaks"da faoliyat yuritayotgan skaut Xenk Veldman payqadi. Aytgancha, aynan o'sha "Villem II"da "Ayaks" uchun Frenki de Yongni topgan shu skaut bo'ladi. "Groningen"dagi markaziy himoyachi ikki mavsumni yaxshi o'tkazdi va «Seltik»ga atigi 3 million evroga sotildi. Lekin nima uchun aynan "Seltik"? Nega Eredivizining "Ayaks", "PSV", "Feyenoord" kabi grand klublari jahondagi eng yaxshi himoyachini aniqlay bilishmadi?

"U juda baland bo'yli yigit! Van Deykning yonidan o'tib ketayotganda, qandaydir basketbolchiga o'xshatishardi. U maydonga chiqdi va shunchaki aql bovar qilmaydigan ishlarni qildi. Men van Deykning o'yinini ko'rganimda, uni asosiy jamoaga kiritishga shubham yo'q edi. U juda kuchli futbolchi edi, lekin vaqti-vaqti bilan beparvolik qilib turadi», - dedi van Deykning "Goriningen"dagi murabbiyi Robert Maskant The Telegraph nashriga.

Maskantning so'zlariga ko'ra, van Deyk ko'pincha Gollandiyaning eng yaxshi klublariga qarshi o'yinlarda ko'p xato qilgan.

Yosh himoyachi "Seltik" skauti Jon Park nazariga tushdi. Aslida u "Utrext" yarim himoyachisi Mayk van der Xornning o'yinini tomosha qilish uchun kelgandi (hozirda "Suonsi"da), ammo vaziyat taqozosi bilan etibori aynan Virjilga qaratildi. 

Virjil van Deyk “Groningen” safida

“U ishonch bilan o'ynadi. Videoda malum bir o'yinchi sizga mos keladimi yoki yo'qligini aniqlash qiyin. Jonli hammasi umuman boshqacha ko'rinadi. Virjilning futbol maydonida qanday fikrlaganini ko'rdim. U nostandart narsalarni qilishdan hech qo'rqmadi va agar biror narsa o'xshamasa, u taslim bo'lmasdan boshqa usulda harakat qilib ko'rardi”, - deydi Park.

"Keyin men angladimki, van Deyk Angliya chempionati o'yin tizimi uchun juda mos keladi. Men uni "Seltik"ga tavsiya qilganimda, bu yigitdan ajoyib o'yinchi etishib chiqishiga shubha qilmagan edim".

Gollandiya terma jamoasining bo'lajak sardori "Seltik"da ikki ajoyib mavsumni o'tkazdi va "Sautgempton"ga 16 million evroga transfer qilindi. U erda hamyurti Ronald Kuman bilan birga ishladi, o'yindan o'yinga o'sib bordi. Natijada, baland bo'yli markaziy himoyachi "Sautgempton" yulduziga aylandi.

Keyinchalik Virjil "Liverpul" tomonidan qiziqish bo'lganligini bilib, "Sautgempton" mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishni boshladi, asosiy jamoa bilan ishlashni to'xtatib qo'ydi, ammo baribir o'z maqsadiga erishdi. "Enfild"da van Deyk Premer-liganing eng yaxshi himoyachisi bo'ldi va uning Mersisayddagi hikoyasi endi boshlandi!  Endi u Kanavarrodan keyin "Oltin to'p"ni olgan birinchi himoyachiga aylansa, hech kim ajablanmaydi. 

Xulosa o'rnida, qahramonimiz o'n yil oldin soatiga 4 evro evaziga idish yuvib yurganini va do'stlarini Mc Donalds’ga olib borib turganini eslatib o'tmoqchimiz... Kelajakka va orzuingizga ishoning, do'stlar!  

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика