Van der Vart: "Ramos 40 yoshgacha o'ynay oladi"
04 avg 2020 18:13
Yangiliklar
Van der Vart: "Ramos 40 yoshgacha o'ynay oladi"
"Real" sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men uchun Ramos — dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Men "Real"da o'ynaganimda, u 21 yoki 22 yoshli tinib-tinchimas o'yinchi edi. U hamma joyda paydo bo'lishni xohlardi. Erkin zarbalar, burchak to'plari - hamma erda.
Endi hammasi boshqacha, u diqqatini bir joyga jamlashni o'rgandi. Serxio g'alabaga chanqoq va maqsadiga erishish uchun barcha qobiliyatlaridan foydalanadi. Ramos o'zining kuchli tomonlarini biladi, shuning uchun u "Real" uchun eng muhim o'yinchilardan biriga aylandi. Uning tanasi aql bovar qilmas darajada, u mashina.
Bir kuni kuni o'yinni tomosha qilayotib, “U o'zi necha yoshda? 34 mi?" deb yubordim. U yana olti yil o'ynashi mumkinligiga ishonaman. Men Serxioni hurmat qilaman”, - deydi van der Vart.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar