So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  2 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  4 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Van Der Sarning taqdiri qarta o'yini tufayli o'zgarib ketgan Yangiliklar

Van Der Sarning taqdiri qarta o'yini tufayli o'zgarib ketgan

Ha, shunaqasi ham bo'lib turadi.

Van der Sar 19 yoshgacha havaskorlarda o'ynagan. Van Gal qarta o'yini ustida darvozabon haqida eshitib qolgan


Bir necha kun oldin Niderlandiya televideniyasidagi Tussen de Palen shousida Edvin Van der Sar mehmon bo'ldi. O'sha ko'rsatuvda u Lui van Galning qarta o'yiniga bo'lgan mehri faoliyatiga yordam bergani haqida aytib berdi.


1990 yilda 19 yoshli Van der Sar "Nordveyk" havaskorlar klubi sharafini himoya qilardi. Edvin to'p tepadigan klub ustozi tasodifan "Ayaks"da assistent sifatida ishlayotgan Lui van Gal bilan qarta stoli ustida uchrashib qolgan.

"Murabbiyim Van Galga shunday degan: "Lui, siz jamoamizning o'yiniga tashrif buyurishingiz kerak. Bizda "Ayaks"da bemalol o'ynab keta oladigan darvozabon va vinger bor". Ko'pchilik bosh murabbiyimizni ko'p gapiradigan inson deb bilardi va avvaliga Van Gal jim bo'lishni hamda bor etiborni qartaga qaratishni so'raydi. Ammo havaskor klub ustozi hamkasbining gapiga kirmadi. Natijada Van Gal o'yinimizga tashrif buyurdi. Bir hafta o'tib "Ayaks" meni ko'rikka chaqirdi" - degandi Van Der Sar.


"Ayaks" taklif yuborishidan bir necha kun avval Rotterdamning "Sparta" klubi Van Der Sarni uchinchi darvozabon sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi edi. Biroq Edvin rad etdi: Klub faqat yo'lkira uchun pul ajratishi unga yoqmadi.


Van Der Sar "Ayaks" bilan 4 marta milliy chempionat, 3 marta Niderlandiya Kubogi va CHempionlar ligasida zafar quchdi.

SHarhlovchi Maarten Meyer yozgan kitobda Van Galning qarta o'yinlariga bo'lgan mehri haqida quyidagi gaplar yozilgan: "Lui qartada kuchli edi. Talabalik davrida unda ko'p pul bo'lmasdi, qartani juda ehtiyotkorlik bilan o'ynardi. Luining birinchi klubi rahbarlaridan biri Van Galga moliyaviy ko'mak berishga qaror qildi. Homiy va yaxshigina pullarga ega bo'lgan bo'lajak murabbiy qartada katta pullar tikishni boshladi. Klaverjas (Niderlandiya qarta o'yini) da Van Gal qaysi qartalar chiqib ketganini yaxshi eslardi. Tez orada u o'zi va homiyi etarli darajada pul ishlab oldi".


Ko'p yillar o'tganidan so'ng Van Gal uning qartadagi asosiy yutug'i - suhbatlarni diqqat bilan eshitish va odatda u ahamiyat bermagan narsalarga etibor qaratish ekanligini tushungan bo'lsa kerak.


Jasur Aslanov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика