Suares "Sietl" xodimiga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi
06 sen 2025 13:46
Yangiliklar
Suares "Sietl" xodimiga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi
"Inter Mayami"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares Liga Kubogi final uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng "Sietl Saunders" klubi xodimlaridan biriga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Bu haqda AP agentligi xabar berdi.
O'yindan keyingi tortishuvdan so'ng "Sietl" murabbiylar shtabi vakili Stiven Lenxart (5 o'yin) va "Inter Mayami"ning ikki nafar futbolchisi – himoyachi Tomas Aviles (3) va yarim himoyachi Serxio Buskets (2) ham chetlashtirildi. Diskvalifikaciya faqat Liga Kubogi o'yinlariga taalluqlidir va diskvalifikaciya qilingan o'yinchilarning Asosiy futbol ligasi (MLS) o'yinlarida ishtirok etishiga to'sqinlik qilmaydi.
Uchrashuv 1 sentyabr kuni bo'lib o'tgan va "Sietl"ning g'alabasi (3:0) bilan yakunlangan. O'yindan so'ng Suares texnik hududga borib, raqib shtab azolaridan biriga tupurgandi. Keyinroq futbolchi o'z xatti-harakati uchun uzr ham so'radi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar