Myuller MLSdagi debyut golini 90+14-daqiqada urdi va jamoasiga g'alaba olib berdi
24 avg 14:14
Yangiliklar
Myuller MLSdagi debyut golini 90+14-daqiqada urdi va jamoasiga g'alaba olib berdi
Tomas Myuller MLSdagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi.
"Vankuver Uaytkeps" xavbeki "Sent-Luis Siti"ga (3:2) qarshi o'yinning 90+14-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, g'alaba goli muallifiga aylandi.
35 yoshli germaniyalik futbolchining debyut golini urishi uchun ikkinchi o'yin etarli bo'ldi. Myuller dastlabki o'yinini "Xyuston Dinamo"ga qarshi o'tkazib, 61-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgandi.
Malumot uchun, "Bavariya" sobiq futbolchisi MLS jamoasiga erkin agent sifatida avgust oyi boshida o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar