Valverde: "Mehmonda ko'proq gol urish niyatidamiz"
20 fev 2018 21:14
Yangiliklar
Valverde: "Mehmonda ko'proq gol urish niyatidamiz"
"CHelsi"ga qarshi birinchi - mehmondagi bahsda ko'proq gol urish niyatidamiz. Raqibimiz jismonan kuchli jamoa, ularning futbolchilari yaxshi himoyalanishadi va qarshi hujumda darvozamizni ishg'ol qilishlari mumkin.
"CHelsi"ga qarshi uchrashuv haqida ko'p o'yladik. Bu Messi va barchamiz uchun juda muhim o'yin. Turnirdagi ishtirokimizni davom ettirmoqchimiz.
Dembele? U xuddi boshqalar kabi maydonga tushishga tayyor.
Gomes va Paulino? Andre - ko'plab poziciyalarda o'ynashga qodir futbolchi, Paulino esa - raqib darvozasiga gol urishni yoqtiradi. Braziliyalik yarim himoyachi bizga foyda keltirishi mumkin. U ertaga maydonga tushadimi yoki yo'qmi, bilmaymiz.
Antonio Konte - dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. "CHelsi"ga qarshi qachon o'ynasangiz ham, bu yomon vaqt bo'ladi. Raqib jamoada Azar, Morata, Pedro va Jiru kabi futbolchilar bor.
O'tgan mavsumdagidek mehmonda yomon o'yin ko'rsatmaslikka harakat qilamiz, o'sha omadsizliklardan xulosa chiqaramiz. "Eybar"ga qarshi o'yin yaxshi imtihon bo'ldi, biroq "CHelsi" bilan o'yin boshqacha o'tadi" - deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar