Valverde: "Lion" - xavfli raqib"
18 dek 2018 19:26
Yangiliklar
Valverde: "Lion" - xavfli raqib"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde ECHL 1/8 finalidagi raqibi "Lion" haqida gapirdi.
"Juda xavfli raqib. "Lion" futbolchilari bo'sh hududga ega bo'lishgan zahoti tezkorlik bilan hujumga o'tib ketishadi. SHu boisdan anchagina diqqatli bo'lishimiz kerak. "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni ko'rib ushbu jamoaga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bildik. O'zimizga qattiq ishonib yubormasligimiz kerak. SHu bilan birga bahsga yaxshi tayyorlanishimiz lozim", - dedi murabbiy.
"Barselona"ning "Lion"ga qarshi o'yinlari 2019 yilning 19 fevral va 13 mart kunlari o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar