Valverde: “Baxtlimiz, ammo bizni oldinda yangi chaqiriqlar kutib turibdi”
28 apr 2019 08:11
Yangiliklar
Valverde: “Baxtlimiz, ammo bizni oldinda yangi chaqiriqlar kutib turibdi”
“Mavsum yakunlanishia bir necha tur qolganda, chempionlikka erishish – ajoyib natija. CHempionatda kuchli raqiblarimiz bo'lishiga qaramay, biz ikkinchi yildirki muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritayapamiz. Baxtli lahzalar, ammo oldimizda zabt etilishi lozim bo'lgan yangi dovonlar bor.
Bugun Messi 45 daqiqa to'p tepishi kerak edi. CHorshanba kuni “Liverpul”ga qarshi muhim bahs bor va biz unga tayyor bo'lishimiz lozim”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda sport.es.
“Barselona” 83 ochko jamg'arib joriy mavsumda Primeroda tengsiz ekanligini isbotladi. Ko'k-anorranglilar o'z tarixlarida 26-marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritishdi. Kataloniyaliklar o'tgan yili ham ushbu sovringa ega chiqishgandi.
CHempionatning qolgan uch turini “Barsa” “Selta”, “Xetafe” va “Eybar”ga qarshi o'tkazadi. ECHL yarim finalida esa jamoa “Liverpul” bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar