So’nggi yangiliklar

10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  4 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0 08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  1 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  15 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  2 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  7 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  31 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  24 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  20 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  82 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11

Vadim Abramovning gaplari qanchalik rost? Akbar Ismatullaev bo'lgan voqeani aytib berdi Yangiliklar

Vadim Abramovning gaplari qanchalik rost? Akbar Ismatullaev bo'lgan voqeani aytib berdi

Xabaringiz bor, "Dinamo" klubi yangi mavsum avvalida yarim himoyachi Akbar Ismatullaev bilan shartnoma tuzib, transfer oynasi yopilishiga bir kun qolganida uni ro'yxatdan chiqarishga qaror qilgandi.

Futbolchi kamida yarim yil hech qaysi klubda o'ynay olmaydigan bo'ldi. 

Kecha Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vadim Abramov Akbar Ismatullaev borasidagi savolga javob berdi. 

Ushbu matbuot anjumanidan keyin Akbar Ismatullaev biz bilan aloqaga chiqdi va intervyu bermoqchi ekanini aytdi. Bugun futbolchining fikrlarini eshitdik: 


Avvalo shuni aytmoqchimanki shaxsan menda "Dinamo" va Vadim Abramovga hech qanday adovatim yo'q. Kechagi "Bunyodkor" - "Dinamo" o'yindan keyingi matbuot anjumanini o'qidim. Aslida vaziyat bunday bo'lgandi: 

"Dinamo" klubi bilan 15 dekabrgacha limitdan tashqari shartnomaga qo'l qo'ydim. Yani "Dinamo" klubi pro ligadan chiqqani uchun 15 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuza olardi. Men o'sha limitdan tashqari shartnoma tuzdim. 2023 yil oxirigacha "Bunyodkor" bilan shartnomam bor edi, o'sha shartnomani oxiriga etkazib qo'dim va 2024 yilning yanvar oyidan "Dinamo"ning Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shildim. 4-5 kun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdim. Negadir yangi jamoa bo'lganigami o'rnasha olmadim va yordamchi murabbiy orqali Vadim Abramovga futbolchilikni tugatmoqchi ekanimni aytdim.



SHundan keyin uyda xotirjam o'tirdim va 2-3 kundan keyin yordamchi murabbiy qo'ng'iroq qilib Abramov sen bilan gaplashib olmoqchi dedi. Hurmat qilib borib gaplashdim. Bosh murabbiy menga qarab: "Dinamo"ga yordam berishing kerak, oilangni boqishing kerak, seni jamoamda ko'ryapman dedi. Xullas kelishib oldik. Ertasidan yana mashg'ulotlarga qaytdim va bor kuchim bilan ishlay boshladim. Aynan shu suhbatdan keyin futbolni hali tark etishga erta ekanini tushunib etdim. Burilish nuqtasi edi. 

Yanvar oyida Dubayda xorijiy yig'inga bordik. Birinchi o'yin "Rostov"ga qarshi bahsda maydonga tushdim va o'sha o'yindan keyin bosh murabbiy meni maydonga tushirmay qo'ydi. Balki o'sha bahsdagi o'yinim unga yoqmagandir. Yig'in paytida hamma futbolchi ham zo'r formada bo'lmaydi. Yanvar oyidagi yig'in tugadi qaytib keldik. Hech qanday gap so'z bo'lmadi. Fevraldagi Turkiyadagi yig'inga ham bordim. 21 fevralda qaytishimiz kerak, 20 fevralda meni chaqirib bizda yoshi katta futbolchilar limiti to'lib qopti, bitta futbolchi ortiqcha ekan seni ro'yxatdan chiqarmoqchimiz deyishdi. Pro ligadan "Qo'qon-1912" taklif bor borasanmi deb so'rashdi. Men Pro ligada o'ynash niyatim yo'qligini aytdim. Mayli Toshkentga borib yana o'ylab ko'ramiz, mavsum davomida formangga qaytib olasan dedi bosh murabbiy. 

24 fevral kuni "Dinamo" yig'ildi. Yig'ilishidan oldin yordamchi murabbiy Abramov bilan gaplashib ko'rgin seni limitdan chiqarmoqchimiz dedi. Abramov bilan gaplashdim. Transfer oynasi yopilishiga 1 kun qolganida ro'yxatdan chiqarib yuborish noto'g'ri ish bo'ldi deb o'ylayman. Yanvar va fevral oyida "Dinamo" uchun ishladim. To'g'risini aytaman fevral oyidagi mashg'ulotlarimdan kelib chiqib meni limitdan chiqarishlarini umuman kutmagandim. 

Kechagi matbuot anjumanida aytgan bitta gapi menga yoqmadi: "Agar futbol o'ynashni xohlaganida men unga imkon berardim". Abramov menga imkon berganida futbol albatta o'ynardim. Hali 33 yoshdaman futbol o'ynashga kuchim bor. Bosh murabbiyning o'zi meni transfer yopilishiga 1 kun qolganida ro'yxatdan chiqarib yuborgandi. 



Bu intervyu orqali hech kimni yomonlamoqchi emasman, shunchaki o'z nomimni oqlash niyatidaman. 

"Paxtakor"da 8 yil, "Metallurg"da 4 yil, Tailandda "Buriram"da o'ynadim, "Bunyodkor"da 1,5 yil o'ynadim. Hech qaysi klubda yomon nom qoldirmaganman. Men bilan birga ishlagan murabbiylar, rahbariyat va futbolchilar biladi professional tarzda ishlaganman. Aynan kechagi matbuot anjumanidan keyin intervyu berishga qaror qildim. 

To'g'ri menda "Bunyodkor"ga qaytish imkoniyati bor edi. Reglament bo'yicha agar klub bir tomonlama futbolchi bilan shartnomani bekor qilganida men transfer oynasi yopiq bo'lsa ham boshqa klub bilan shartnoma tuza olardim.  Agar shunday qilganimda "Dinamo" klubini turli sankciyalar kutardi. Men esa Samarqand klubiga ziyon bo'lmasligin istadim va shartnomani kelishgan holda ikki tomonlama bekor qildim.

"Dinamo" klubiga rahbariyat, muxlislariga, murabbiylariga hech qanday adovatim yo'q. Samarqand klubiga omad tilayman", - dedi Akbar Ismatullaev.


Vadim Abramov: "Ismatullaev menga faoliyatini tugatmoqchiligini aytgandi. Agar o'ynashni istaganda, unga imkoniyat berardim"

Rasman: «Dinamo» jarima to'laydigan bo'ldi 

Akbar Ismatullaev va "Dinamo" ishi O'FA qo'mitasiga oshirildi 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика