So’nggi yangiliklar

06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  4 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  6 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  4 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  64

Vadim Abramov: "Sergeevga doim ishonganmiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Sergeevga doim ishonganmiz"

BAA - O'zbekiston (1:2) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov championat.asia saytiga intervyu berdi.

- G'alaba bilan tabriklaymiz, jamoamiz ikkinchi taymda ayniqsa yaxshi o'ynadi...
- Yigitlar harakat qilishdi, chiroyli o'yin namoyish etishga urinishdi. Raqib bugun bizga shunday o'ynash imkonini berdi. Bilasizmi bugungi o'yinda natija muhim emasdi. Tarkibimizdagi yigitlarni maydonda sinab ko'rish maqsadimiz edi. Anchadan buyon ularni terma jamoada ko'rmagandik. Eron va BAAga qarshi o'yinlarda yig'inga chaqirilgan deyarli barcha futbolchilar maydonga tushishdi. Hech kim BAAga sayyoh bo'lib borgani yo'q. Yana xorijda o'ynayotgan bir qator futbolchilar bor, ular bu yig'inga qatnasha olishmadi. Umuman olganda bu yig'in uchun futbolchilarga rahmat aytaman. Ayniqsa "Paxtakor" azolariga alohida rahmat. Ular Qatardagi OCHLda deyarli bir oy mehmonxonadagi xonadan hech qaerga chiqmay yashashdi. BAAga ham keldik va yana mehmonxonadan chiqmayapmiz. Terma jamoaga yordam berishgani uchun rahmat.

- Igor Sergeev ikkita gol urdi. Vaziyatlardan unumli foydalana oldi...
- Ha, unga doim ishonganmiz. U terma jamoada yangi emas, tajribali futbolchi. Bugun katta hajmdagi ishni bajardi. Juda masuliyatli futbolchi. Bugungi ikkita gol uchun alohida rahmat aytaman.

- Aziz G'aniev va Otabek SHukurov BAA terma jamoasi futbolchilarini yaxshi bilishadi. Ularning o'yiniga qanday baho berasiz?
- G'aniev va SHukurov BAA chempionatida o'ynashadi-ku. SHu bois bugun ularga ishonch bildirdim. Ular o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. Barcha ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Albatta mayda xatolar bor, ammo barchasi birdaniga bo'lmaydi. Qisqa vaqt ichida xatolarni bartaraf etishga urinamiz. Toshkentga 16 oktyabr kuni qaytamiz", - deydi Vadim Abramov championat.asia saytiga. 



Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика