Bilich O'zbekistonda emas, sobiq jamoasida ish boshlashi mumkin
18 sen 2025 17:34
Yangiliklar
Bilich O'zbekistonda emas, sobiq jamoasida ish boshlashi mumkin
"Vest Xem" bosh murabbiyi Grem Potter o'z lavozimini tark etishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaga ko'ra, uning o'rniga 2015 yildan 2017 yilgacha "bolg'achilar"ni boshqargan Slaven Bilich davogar.
Klub xo'jayini Devid Sallivan xorvatiyalikning qaytishini maqul ko'rmoqda. Shuningdek, Nunu Eshpiritu Santu va Shon Daych nomzodlari muhokama qilinmoqda.
To'rtta o'yindan so'ng "Vest Xem" APL turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq O'zbekiston futbol associaciyasi Slaven Bilich bilan muzokaralarni boshlagani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar