So’nggi yangiliklar

15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  9 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  11 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2

Vadim Abramov: "Navbatdagi 2 ochkoni qo'ldan chiqardik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Navbatdagi 2 ochkoni qo'ldan chiqardik"

"Dinamo" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Superliganing 8-tur bahsidan (1:1) so'ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "G'alaba qozonishga intildik. Bizda yo'q joydan gol kirib ketishi odatga aylanib qoldi. Ikkinchi taymda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ularning bittasidan foydalana oldik. Navbatdagi 2 ochkoni qo'ldan chiqardik".

- Vadim Karlenovich, siz xotirjam murabbiylardan hisoblanasiz. Ammo ovozingiz bo'g'ilib qolganidan bahs juda qiziq o'tganini bilish mumkin. "Dinamo" ko'plab vaziyatlar yaratyapti, ammo gol urishda muammolar bor.

- Futbolda shunaqa bo'lib turadi. To'p raqib darvozasiga kirishni xohlamaydi.

- Odatda muxlislar "Paxtakor" bilan durang bo'lsa quvonishardi, bugun esa aksi.

- Hammamiz xafamiz. CHunki o'yin bo'yicha 2 ochkoni qo'ldan chiqardik.

- Temirov va Abdullaevlarning o'zgarishi nima bilan bog'liq?

- Abdullaevda 2 kun avval angina bor edi. U kuchga kirmaganini o'yindan bilib oldik. Damir Temirov ham bahsga kirishib keta olmadi. Zaxiradan bahsga qo'shilganlar tufayli ustunlik qilishni boshladik. 

- Odilbek Abdumajidov maydonga tushib, CHeranga deyarli imkon bermadi. Bu aynan Draganga qarshi amalga oshirilgan o'zgarishmidi?

- Ikki markaziy himoyachi biroz noto'g'ri o'ynagani tufayli Abdumajidovni tushirdik. SHunchaki CHeran bilan to'p uchun havodagi kurashda to'g'ri harakat qilish kerak edi.

- "Dinamo"ning golidan so'ng Miyich siz tomonga kelib, bir nimalar deganday bo'ldi.

- U golni nishonladi. Hissiyotlar hammada bor.

- "Uyda devorlar ham yordam beradi" deyishadi. "Dinamo" bugun Samarqandda, o'z muxlislari qarshisida o'ynaganda jamoa g'alaba qozongan bo'larmidi?

- Muxlislar bilan o'ynasak bu bizga qo'shimcha yordam beradi. Siz haqsiz, ishqibozlarning olqishlari futbolchilarga yordam beradi. O'z uyimizda qachon o'ynashimizni bilmayman.

- "Dinamo" rahbariyati durangni qanday qabul qildi?

- Durang bilan qutlashdi, ammo biz xafamiz. Muxlislar 1 ochkodan ranjishdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика