So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  11 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Vadim Abramov: “Legionerlarga javob berildi” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Legionerlarga javob berildi”

Farg'onada bo'lib o'tgan “Neftchi” – “Metallurg” (0:2) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Bunday hisobda uyda mag'lubiyatga uchrash achinarli bo'ldi. Yigitlar bugun raqib oldida yosh bolalardek ko'rindi. Xatto raqib darvozasi oldida jiddiy vaziyatlar yarata olmadik. Bugun “Metallurg” qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi deb o'ylayman. Ular mazkur natijaga erishish uchun ko'p ter to'kishmadi. Futbolchilarimiz G'uzordagi o'yinda yaxshi harakat qilishgandi. Biroq bugun men “Mashal” bilan bellashuvdagi jamoani ko'rmadim.

– Birinchi davradan keyin qanday rejalaringiz bor?


– Ayni paytda diqqat etibor “Bunyodkor”ga qarshi o'yinga qaratilgan. Mazkur o'yindan so'ng yozgi tayyorgarlik rejasi borasida gapirish mumkin bo'ladi.

– Ko'pchilik Siz “Neftchi”ga bosh murabbiy bo'lganingizdan so'ng jamoaga yuqori saviyali, xatto yulduz darajasidagi futbolchilarni kelishiga umid bildirmoqda. Umuman olganda selekciyadagi ro'yxatingizdan kimlar o'rin olganini ayta olasizmi?


– Siz nazarda tutayotgan saviyadagi futbolchilarni xozir mamlakat bo'ylab topish qiyin. Biz mavsumni o'rtasida turibmiz. Xamma professional futbolchilarni o'z klublari bilan shartnomasi bor. Buni ham inobatga olish kerak. Legionerlarga javob berdik. Endi ularning chizig'ida o'ynaydigan futbolchilar izlayapmiz va ularning o'rinini to'ldirish lozim. Men uchun jamoaga kim kelishidan qatiy nazar, ana shu futbolchi klubga foydasi tegishishi kerak degan fikrni ilgari suraman. Xozir bizga barchani o'zi bilan oldinga boshlaydigan etakchi kerak. Menda yoshlar tarkibidagi bir qator yosh va maxalliy futbolchilar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Agar ular bilan ishlansa, etibor berilsa yuqori natijalar qayd etish mumkin. O'rinbosarlar safida ham istedodlar etarlicha topiladi. Men ularga katta etibor qaratyapman. Asosiy tarkibga kelsak, amaldagi futbolchilarimizga yomon baho bermayman. Faqat xozir ularni ketma-ket mag'lubiyatlar tushkunlikka tushirib qo'ygan. Bu vaziyatdan ularni olib chiqib ketish uchun harakat qilyapman. Bunday inqirozning futbolda kuzatilishi tabiiy hol sanaladi. Yozda bo'ladigan yig'inda imkon darajasida nomdor va kuchliroq jamoalar bilan o'ynashni reja qilyapmiz. Aynan ushbu raqiblar bilan uchrashuvlardagi ishtirok va natijalar yigitlarga o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarib berishi mumkin.

– So'nggi paytlarda darvozabonlarning ketma-ket almashinuviga guvohi bo'lyapmiz. Bunga qanday izoh berasiz?


– “Neftchi”ning “Navbahor”ga qarshi birinchi o'yinini ko'rganimda Abdujalilov menda yuqori taassurot qoldirgandi. Biroq “Dinamo” bilan o'yinda u ko'p gol o'tkazib yubordi. So'ng “Mashal”ga qarshi bahsda O'tkir Yusupovga imkoniyat berdim. Bugun esa yana  Abdujalilov turdi. O'tkazib yuborilayotgan gollarda xar doim ham darvozabon aybdor bo'lmaydi. Futbol jamoaviy o'yin sanaladi.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика