Vadim Abramov: "Kamchiliklar mana shunday kuchli raqiblarga qarshi bahsda ko'rinadi"
10 fev 07:45
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Kamchiliklar mana shunday kuchli raqiblarga qarshi bahsda ko'rinadi"
"Dinamo" 1-bo'limda tengkurash namoyish etgan bo'lsa, 2-bo'limda o'yinda raqibidan ustunlik qildi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi.
"Zenit" bilan o'yin – yaxshi sparring bo'ldi. Yutqazganimizga faqat o'zimiz aybdormiz. O'yindagi hakamlik biroz ranjitdi. Gap kimgadir yordam berishda emas, u ikki jamoaga ham o'ynashga imkon bermadi. Yaxshiyamki, hammasi mushtlashuvgacha etib bormadi. Umuman olganda esa o'zimizning kuchli jihatlarimiz va kamchiliklarimizni bilib oldik. Birinchi bo'limdagi vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lardi. Albatta, "Zenit"ning nomi ham futbolchilarga biroz tasir qildi.
Umuman olganda birinchi bo'limdagi o'yindan qoniqdim, ikkinchi bo'limda esa ko'plab yoshlarga imkon berdik. Xulosalar qilamiz va ishlashda davom etamiz.
Poziciyalar bo'yicha yigitlarga etirozim? Yo'q, umuman olganda hammasi joyida. Bitta o'yin hech narsani o'zgartirmaydi. O'yindan qoniqdim, kamchiliklar mana shunday kuchli raqiblarga qarshi bahsda ko'rinadi, bu biz uchun xulosa. Mana shunday o'yinlar orqali 28 fevral kungi 1-tur o'yini uchun asosiy tarkibimizni aniqlab boramiz", - dedi Vadim Karlenovich "Zenit" bilan uchrashuvdan keyin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar