So’nggi yangiliklar

19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   0 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  2 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  1 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  6 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  2 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  20 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  1 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  8 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Vadim Abramov: "Bizning penalti nega bekor qilinganiga tushunmadim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizning penalti nega bekor qilinganiga tushunmadim"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Dinamo" - OKMK (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Dastlabki daqiqalardanoq to'p nazoratiga urg'u qaratdik, chunki raqib juda kuchli va ularga bo'sh xududlar qoldirmaslik kerak edi. Muxlislarbop o'yin bo'ldi. Bunday o'yinlarda oxirida bitta gol urgan jamoa shubhasiz g'alabaga erishadi. O'sha golni biz urdik va g'alabaga erishdik. 

Penalti nega bekor qilinganini tushuna olmadim. Bugun oxirigacha kurashib, jamoamizga g'alaba keltirgan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, bizni faol qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan rahmat aytaman.

- Bugun jamoangiz mavsumdagi eng zo'r o'yinlaridan birini o'tkazdi. Hozir hamma shu haqida gapirayapti.

- Bu tushunarli, lekin savolingiz qanday?

- Savolim shunaqa, nega shunaqa o'yin ko'rsata oladigan "Dinamo" o'tgan turda bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi?

- Bu haqida o'tgan o'yindan keyin ham aytdim, shu kuni bizda o'xshamagan jihatlar ko'p bo'ldi. Mezbonlar 10 kishi edi, lekin 10 kishi himoyada turdi. Hujumdagi faollik evaziga yorib o'tishga urindik, imkon bo'lmadi. Biz o'sha o'yinda ham, bugun ham ochiq futbol o'ynadik.

- Demak, ochiq futbol "Dinamo"ning uslubimi?

- Faqat bizning emas, qolgan jamoalarda ham bor bu jihat. Ochiq futbol muxlislarga yoqadi, gollar ko'p bo'ladi. Biz hujumkor o'yin tarafdorimiz.

- Braziliyalik legionerlar haqida fikringiz qanday?

- Fikrim yomonmas. Debyut o'yinidayoq o'zlarini yomon tutishmadi. Sekin-sekin moslashib borishadi. Biz ularni jamoani kuchaytirish uchun taklif qilganmiz.

- Jahongir O'rozov nega zaxiradan qo'shildi?

- O'rozovning to'yi bo'lgani sabab biz bilan mashg'ulotlarda ko'p qatnasha olmadi. O'yinga tayyorlanish uchun bir kun vaqti bo'ldi. SHu bois uni asosiy tarkibda tushirib, tavakkal qilmadik.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика