So’nggi yangiliklar

18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  8 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  119 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4

Vadim Abramov: “Agar OCHLda guruh bosqichiga chiqa olmasak legionerlar jamoamizni tark etishadi” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Agar OCHLda guruh bosqichiga chiqa olmasak legionerlar jamoamizni tark etishadi”

OCHL-2020 saralashi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al Zavra” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov va Lutfulla To'raev ishtirok etdi.

“Yangi mavsumga yangi orzular bilan kirib kelayamiz. Ertaga qiziqarli bahs bo'ladi”, - deydi Vadim Abramov. 


“O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maqsadimiz bitta – g'alaba qozonish. Abu Dabida ikki haftalik tayyorgarlik olib borildi. Yangi futbolchilar bilan chiqishib ketishga harakat qildik”, - deydi Lutfulla To'raev.  


- Raqib bosh murabbiyi matbuot anjumanida ertangga bahsda “Bunyodkor”ning ustunligi haqida gapirdi. Sizningcha bu taktikami yo haqiqatdan ham shundaymi?

- Raqibni o'rganib chiqdik. “Al Zavra” ustozi ertaga “Bunyodkor” favorit ekanini aytgan bo'lsa shunchaki taktik yurish qilgan. Futbolchilar buni o'qishini biladi va shu orqali o'zidan bosimni soqit qilmoqchi. Biz bunday tuzoqlarga tushmaymiz. Fikrimcha, bu taktika va aldov.


- O'tgan mavsum markazda Nurillo To'xtasinov bilan tandem bo'lgan edingiz. Hozir jamoaga Sardor Abduraimov jalb qilindi. Sardor bilan til topishib oldingizmi?

- Abu Dabi yig'ini doirasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida Sardor Abduraimov bilan birga o'ynadik, fikrimcha hammasi joyida. Bir-birimizni bilan til topishib ketdik deb o'ylayman.


- Xurshid G'iyosovning jamoani tark etganini katta yo'qotish deb hisoblasak bo'ladimi?

- Xurshid G'iyosov jamoamizni tark etdi. Bizda yana 5 nafar futbolchi olimpiya terma jamoasida bo'lib turishibdi. Albatta har bir futbolchining o'z o'rni bor. Ammo futbol shunday o'yinki ketganlarning o'rnini bosish kerak. Zamonaviy futbolda bunday holatlarga tayyor turish kerak.


- “Bunyodkor”ga Selim Nurmurodov keldi. U Turkmaniston terma jamoasida umuman o'yin o'tkazmagan. Uni qanday topdingiz? 

- Turkmanistonlik hujumchini agentlar bizga taklif qilishdi. U bizda ko'rikdan o'tdi va harakatlari yoqqani bois shartnoma tuzdik. Sizga dunyoda terma jamoada umuman o'ynamagan ajoyib futbolchilarni sanab bera olaman. Bir narsani aytishim mumkin, agar OCHLda guruh bosqichiga chiqa olmasak legionerlar jamoamizni tark etishadi. Ular bilan shartnoma shunday tuzilgan.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика