Uy faktori "El Klasiko"da "Real"ning zarariga ishlaydi. Jamoa mehmonda yutishni yaxshi ko'radi
16 okt 2022 16:20
Yangiliklar
Uy faktori "El Klasiko"da "Real"ning zarariga ishlaydi. Jamoa mehmonda yutishni yaxshi ko'radi
Bu safargi "Real" va "Barselona" o'rtasidagi to'qnashuv turnir jadvalidagi holatni hisobga olgan holda, yana ham ahamiyatli bo'ladi. Jamoalar bir xil ochko to'plagan holda, Ispaniya chempionatida etakchilik qilishmoqda, ammo kataloniyaliklar ko'proq gol urishgani va kamroq o'tkazishgani sabab oldindalar. Bugungi o'yin "ko'k-anorranglilar" uchun CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikni unutish, "qaymoqranglilar" uchun yana sifat tekshiruvidan o'tish uchun sabab bo'ladi.
"Barselona" foydasiga
Jasur yoshlar
"Ko'k-anorranglilar" ulg'ayishda davom etishmoqda, ammo o'yinchilarning o'rtacha yoshi La Ligadagi eng yosh klublardan biri bo'lishni taminlaydi. Gap ularning yoshida ham emas, balki yosh iqtidor egalarining "Barsa" o'yinini kuchaytira olishida.
Klub DNKsini uchta 20 yoshga ham kirmagan uchta kit ushlab turibdi: Pedri, Gavi va Ansu Fati. Dastlabki ikkisi doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda va Busketsdan tajriba olishmoqda. Gavi ajoyib tarzda qisqa paslar bilan o'ynaydi. Pedri esa universal – o'yin davomida to'p qaerda bo'lishiga qarab hujum qanotlari va markazida paydo bo'ladi. U to'pni jarima maydonchasi ichiga havodan tashlab berishni yoqtirmaydi va to'pni pastda saqlab turadi.
Fati uzoq vaqt jarohatidan tiklanganiga qaramay, o'z holatiga tushib, ko'proq asosiy tarkibda o'ynay oladi. "Inter"ga qarshi o'yinda "Barsa" uning tushishi bilan maydonda intensivlikni yo'qotmadi va bu yaxshi belgi hisoblanadi.
O'zgargan Dembele
Usmonning "Barselona"da ulg'ayishi qiyin kechdi, ammo oxir-oqibat Dembele o'ziga keldi va ajoyib o'yinlar namoyish etmoqda.
"Men o'ynash uchun ishlashim kerak edi. Maydonga chiqish, so'ngra yanada yaxshilanish uchun sog'lom bo'lishni xohladim. Mendan ko'plab jarohatlar bo'ldi. Agar ishlamasam, to'xtab qolishim va o'zimga zarar keltirishim mumkinligini aytishdi. Kuman va Xavi bilan esa yaxshilandi.
Kataloniyaliklar uning tezligi va to'p bilan ishlashdagi qatiyatiga tayanadilar – boshqalarning o'yini o'xshamagan payt, aynan Dembelening to'p bilan tezlanishi raqib jarima maydonchasi ichida keskinlikni hosil qiladi.
Universal o'yinchilar
Xavi o'ng qanot himoyachi bo'lsa ham Serxi Robertoning jarima maydonchasi ichiga siljishini ko'rsatib berdi. Ispan "Inter"ga qarshi CHL 4-tur doirasidagi o'yinda shunday qildi va ikki bor raqib darvozasi tomon xavfli zarba berdi.
Yana bir misol – Frank Kesse o'ng qanot himoyachi poziciyasida harakatlanishi. Tajribali yarim himoyachi "Barsa"ning o'ng qanotini kuchaytirdi. Paslar Usmonning eng kuchli tomoni emas, Frank esa bu borada unga yaqindan yordam bermoqda.
Alexandro Balde muammosiz Markos Alonso yoki Jordi Albaning o'rnini egallashi mumkin, markaziy himoyachi Kunde esa qanotda o'ynay oladi.
"Real" foydasiga
Raqibning jarohatlarga moyilligi
Avvalo qayd etish kerak, madridliklar "Barsa"ning optimal tarkibi bilan o'ynashmaydi. Kundeda jarohat bor, u El Klasikogacha tiklanishi mumkin, ammo Xavi uni maydonga tushirish imkoniyati past.
"Real"ga qarshi markaziy himoyachilar Arauxo, Kristensen, o'ng qanot himoyachi Belerin va forvard Memfis Depay o'ynay olmaydi.
Yagona yo'qotish
Tibo Kurtuaning jarohati ukrainalik darvozabon Andrey Lunin uchun ajoyib imkoniyat. Karlo Anchelotti belgiyalikning o'rinbosariga jarohat sabab murojaat qilishi mumkin.
Andrey "SHaxtyor"ga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildi. Klub murabbiyi Karlo Anchelotti esa Kurtua payshanba kuni umumiy mashg'ulotlarni boshlashi va "Barsa"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishini aytdi.
"Real" uchun eng yaxshi tarafi mavsumning boshi jarohatlarsiz o'tmoqda, kataloniyaliklarga qarshi esa kuchlilar maydonga tushadi.
Xotirjamlik
"Qaymoqranglilar" kamdan-kam bunday darajadagi o'yin yoki top qarama-qarshiliklarni boy beradi. "Liverpul" bilan CHL finalini eslang – ispan grandi o'yin bo'yicha yaqqol etakchi emas edi, ammo shunday bo'lsa-da, tarozini o'z tomoniga og'dirdi. Bunga qadar Karlo Anchelotti shogirdlari PSJ, "CHelsi" va "Manchester Siti"dan o'tishgandi.
Italyan menejeri ushbu klubni besh barmog'iday biladi va kerak bo'lganda, o'yinchilarini yuz foizga harakatlantirishi mumkin.
Yangi kuchli o'yinchilar
"Barselona"dan farqli ravishda ravishda, "Real" so'nggi yillarda yulduzli o'yinchilarni xarid qilmayapti. "Qaymoqranglilar" buni kam qilishmoqda. Peres "Manchester Yunayted"ga ketgan Kazemironing o'rnini "Monako"dan Orelen CHuameni bilan to'ldirdi. Markaziy himoya "CHelsi"dan Antonio Ryudiger bilan to'ldirildi. Ikkisi ham tez-tez asosiy tarkibda maydonga tushadi, "Monako" sobiq xavbeki esa umuman etakchilardan biriga aylanib oldi.
Xulosa. Tenglik
Kuchliroq "Real" haqida ko'p gapirish mumkin – bu baribir yillar davomida sinalgan loyiha, "Barsa" esa qurilish jarayonida. Ammo, faqatgina loyihaning ajoyibligi 3 ochko bermaydi – o'yinchilarning saviyasi bo'yicha kataloniyaliklar ashaddiy raqiblaridan qolishishmaydi. SHuningdek, bitta o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin – motivaciya faktorini ham hech kim bekor qilgani yo'q.
"Real"ning uydagi o'yin faktori ham ancha bahsli. Klublar so'nggi besh yil davomida bir-birlari bilan 15 bor o'ynashdi – 8ta o'yinda mehmonlar g'alaba qozonishdi (4 marta mezbonlar va 3 marta durang).
"El Klasiko"da durang kamdan-kam sodir bo'ladi. Raqiblar durang o'ynashni unchalik xushlashmaydi – so'nggi bor ular 2019 yilda (0:0) durang o'ynashgan.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar