Useyn Bolt Messi va Ronaldudan birini tanladi
07 apr 2021 19:45
Yangiliklar
Useyn Bolt Messi va Ronaldudan birini tanladi
Yamaykalik taniqli sprinter Useyn Boltdan “Barselona” sardori Lionel Messi yoki “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldudan birini tanlashni so'rashdi.
“Bunday savollarga javob berishga qiynalaman, chunki Argentina TJga muxlislik qilaman, ammo shu bilan birga Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisiman. Mankunianliklarga muxlis bo'lganim uchun, unga MYUda o'ynaganidan beri qoyil qolaman.
O'ylashimcha, Ronalduda Messidan ko'ra ko'proq narsa bor, chunki u bir vaqtning o'zida bir nechta ligalarda o'z buyukligini isbotladi. SHu tufayli Ronalduni tanlayman. SHuningdek, Mbappe kabi istedodli yosh futbolchilar ham ko'p. Ularni kuzatish qiziq bo'ladi”, deydi Bolt.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar