Urugvay 4ta o'yinda 1ta gol o'tkazib yubordi va 1ta sariq kartochka oldi
01 iyu 2018 07:39
Yangiliklar
Urugvay 4ta o'yinda 1ta gol o'tkazib yubordi va 1ta sariq kartochka oldi
Portugaliyani mag'lub (2:1) etib, chorak finalga yo'l olgan Urugvay termasi mundialdagi eng kuchli himoyaga ega jamoa bo'lib turibdi.
Janubiy Amerika jamoasi hozirgacha o'tkazilgan 4ta uchrashuvda o'z darvozasidan bor yo'g'i bitta gol o'tkazib yubordi. Oskar Tabares shogirdlari Misr (1:0), Saudiya Arabistoni (1:0), Rossiya (3:0) va Portugaliya (2:1) terma jamoalarini mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Etiborlisi, urugvayliklarga mana shu 4ta o'yinda bittagina sariq kartochka ko'rsatildi. SHunda ham himoyachi emas, aksincha yarim himoya vakili Rodrigo Bentankur Portugaliya bilan uchrashuvda ogohlantirildi.
Bugunga kelib Urugvay JCH-2018 final bosqichida eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi. Darvozani “Galatasaroy” posboni Fernando Muslera qo'riqlamoqla. Himoya markazida “Atletiko” futbolchilari Diego Godin va Xose Ximenes o'ynayapti.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar