Krishtianu Ronaldu yana bir rekordni takrorladi
10 sen 08:40
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu yana bir rekordni takrorladi
Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2026 Evropa saralash bosqichi doirasida Vengriyaga qarshi o'yinda (3:2) penaltini golga aylantirib, o'z nomini tarixga yozdi.
Bu gol bilan 40 yoshli Krishtianu jahon chempionati saralash bosqichidagi o'zining 39-golini urdi va xuddi shunday gollar soni bo'yicha gvatemalalik Karlos Ruisning rekordini takrorladi. Uchinchi o'rinda Argentina terma jamoasining yulduz Lionel Messi joylashgan bo'lib, uning hisobida 36 ta gol bor.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 18 yoshida debyut qilgan. Bu 2003 yilning 20 avgustida Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvida (1:0) sodir bo'lgandi. Hujumchi terma jamoadagi ilk golini Evro-2004 guruh bosqichida Greciyaga qarshi o'yinda (1:2) kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar