So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Umid Isoqov: “Katta ehtimol bilan “Nasaf” bugun yutqazmaydi” Yangiliklar

Umid Isoqov: “Katta ehtimol bilan “Nasaf” bugun yutqazmaydi”

Yana bir necha soatlardan so'ng mamlakatimizning ayrim shahar va tumanlarida oliy liganing 29-turidan o'rin olgan o'yinlar start oladi.

Xususan turning markaziy o'yini deya qaralayotgan “Nasaf” – “Paxtakor” bahsi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. CHempionlik masalasini hal etadigan o'yin oldidan tajribali sobiq futbolchi Umid Isoqovning fikrlarini bilishga urindik. Ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak, Isoqov o'z vaqtida “Paxtakor” va “Nasaf” tarkibida to'p tepgan.

“NASAF” – “PAXTAKOR” O'YINI HAQIDA
- SHubhasiz turning markaziy o'yinidir. Finalga teng bahs ham deyish mumkin. Qarshiliklarning o'yinini kuzatdim. Yigitlar yomon xarakat qilmayapti. “Paxtakor” haqida ham fikrlarim ijobiy. Tarkib yoshlardan tashkil topgan bo'lsada, kurashishmoqda. Menimcha bugun Qarshidagi bahsda “ajdarlar” jiddiy tashvish tug'diradi deb o'ylayman. To'g'ri, ular O'zbekiston Kubogini yutdi va chempionatda 3-o'rinni rasmiylashtirib bo'ldi. Ammo shunga qaramay “sherlar”ga bahsda astoydil o'ynaydi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham ularga juda qo'l kelishi turgan gap. Bugun stadion tribunasi to'lishi mumkin. Ajoyib muhit xosil bo'ladi. Menimcha “Nasaf” kamida durang qayd etadi.

CHEMPIONLIK TO'G'RISIDA
- “Lokomotiv” bugun hotirjamlik bilan “Mashal”ni mag'lub eta oladi deb o'ylayman. CHempionlikka yaqin turgan bir paytda bu kabi o'rtamiyona jamoalarga qarshi ochko yo'qotmaslikka urinadi. Bu borada “temiryo'lchilar”ning imkoniyati yuqori. Agarda bugun “Paxtakor” Qarshida ochko yo'qotsa nazarimda “Lokomotiv” keyingi turda ham Namangandan g'alaba bilan qaytishga xarakat qiladi. CHunki “Paxtakor” kelasi turda o'z uyida “Andijon”ni mag'lub etishi haqiqatga yaqinroq deyish mumkin. CHempionlik kimga nasib qilishi to'g'risida hozircha tayinli fikr bildirish qiyinroq. Ko'p narsa ushbu turda aniq bo'ladi.

AUTSAYDERLAR XUSUSIDA
- Autsayderlar o'rtasidagi kurash ham avj olmoqda. Menimcha “Buxoro”ning imkoniyati pastroq. Ularga juda qiyin bo'ladi. “So'g'diyona” ertaga “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi. Qo'qonliklar o'z oldilariga qo'yilgan vazifani bajarib bo'ldi. Balki endi jizzaxliklar g'alaba qozonar. Menimcha 16-o'rin egasi so'nggi turda aniq bo'lsa kerak. Yuqorida aytib o'tganimdek, ko'p narsa 29-turda oydinlashadi.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика