So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

Umid Ahmadjonov Qo'qon shahrida yangi mavsumni ochib berdi VIDEO Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Qo'qon shahrida yangi mavsumni ochib berdi VIDEO

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qo'qon shahrida mavsumning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Marosimning birinchi qismida bundan 105 yil oldin O'zbekistonga futbol qanday kirib kelgani, uning asoschilari kimlar bo'lgani tug'risidagi sahna ko'rinishi yig'ilganlarga ko'rsatib berildi. Bundan tashqari, “Bolalar” guruhi, Ziyoda, Bahrom Nazarov, “Bojalar” guruhi estradamiz yulduzlari i o'z chiqishlari bilan futbol ishqibozlarini xursand qilishdi. Muxlislar uchun teatrlashtirilgan koncert dasturi namoyish etildi.

SHundan so'ng mavsumni ochib berish uchun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovga so'z berildi.

Umid Ahmadjonov vodiyda muxlislar futbolni juda yaxshi ko'rishlarini takidlar ekan, Qo'qon bu borada alohida o'rin tutishini takidlab o'tdi.


“Qo'qon shahri o'zbek futboli vatani hisoblanadi. O'zbek futbolining qaldirg'och jamoasi bo'lgan “Muskomanda”ga aynan Qo'qonda asos solingan. O'zbek futbolining rivoji aynan shu erdan boshlanganini barchamiz yaxshi bilamiz.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaqinda qabul qilingan “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorda o'zbek futbolining 105 yilligini keng nishonlash, o'zbek futbolining tamal toshi qo'yilgan Qo'qon shahrida yangi stadion barpo etish to'g'risidagi alohida so'z yuritilgani barcha futbol ixlosmandlarini quvontirgani bor gap. O'z o'rnida “Qo'qon-1912” jamoasi ham o'z zimmasidagi masuliyatni yaxshi anglagan holda, milliy chempionatimizda munosib ishtirok etib, qo'qonlik muxlislarni xursand qilishga intilishi zarur. Bu borada jamoaga omad tilab qolamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.



SHundan so'ng Qo'qon shahar hokimi Rahmatali Jalilov so'zga chiqib, yurtimizda futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor uchun mamlakatimiz Prezidenti muhtaram SHavkat Mirziiyovga butun muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib o'tdi. SHuningdek, jamoalar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va olib borilayotgan islohotlar uchun O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatiga ham tashakkur izhor qildi.

Keyin esa Umid Ahmadjonov "Qo'qon-1912" vice-prezidenti Baxtiyor Tolipovni O'FAning maxsus sovg'asi bilan taqdirladi.

SHundan so'ng Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” o'yiniga start berildi.




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика