So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

Umid Ahmadjonov ertaga Qo'qonga boradi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov ertaga Qo'qonga boradi

Mana bir necha kundirki, o'zbek futboli vatani bo'lmish Qo'qonda futbol bayrami hukmronlik qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan o'zbek futbolining 105 yilligini keng nishonlash, o'zbek futbolining tamal toshi qo'yilgan Qo'qon shahrida yangi stadion barpo etish to'g'risidagi qarorlari qo'qonlik minglab futbol ixlosmandlarini quvontirgani bor gap. Ular buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor etishdan charchashmayapti.

Qo'qondagi “Markaziy” o'yingoh bugungi kunga kelib barchaning havasini keltiruvchi darajada tamirlandi. Yangi mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi ham zamonaviy ko'rinishga ega stadionda to'p suradi.

Qo'qonlik futbol muxlislari yangi mavsum ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Nihoyat ular orziqib kutgan kunlar yaqin.

Ertaga, 31 mart kuni o'zbek futboli vatani hisoblanadigan Qo'qon shahridagi  “Markaziy” stadionda 2018 yilgi mavsumning ochilish marosimi tashkil etiladi. Tantanali tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, mamlakat futbol associaciyasi  birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi.

Ayni damda ochilish marosimini yuqori darajada o'tkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


Ertaga “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin bo'lib o'tadigan tadbir o'ziga xosligi bilan ajaralib turadi hamda muxlislar uchun unutilmas onlarni taqdim etadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.  Bu uchrashuvni bayramona tarzda o'tkazish uchun stadionda juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Marosimning birinchi qismida bundan 105 yil oldin O'zbekistonga futbol qanday kirib kelgani, uning asoschilari kimlar bo'lgani tug'risidagi sahna ko'rinishi yig'ilganlarga ko'rsatib beriladi.

Bundan tashqari, estradamiz yulduzlari o'z chiqishlari bilan futbol ishqibozlarini xursand etishga bel bog'lashgan. Muxlislarimiz uchun teatrlashtirilgan koncert dasturi namoyish etiladi.

Ertaga katta futbolni sog'ingan muxlislar uchun haqiqiy bayrami bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, yangi tamirdan chiqarilgan "Markaziy" stadionda, muxlislar uchun juda katta bayram tadbiri o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика