Umarali Rahmonaliev: "Rubin" CSKAga jang taklif qiladi"
29 noy 2024 17:26
Yangiliklar
Umarali Rahmonaliev: "Rubin" CSKAga jang taklif qiladi"
"Rubin" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev jamoasi Rossiya chempionati 17-turida CSKAga qarshi o'yinda kurash taqdim etishini bildirdi.
"Ishonchim komilki, biz CSKAga jang taklif qilamiz. Biz ushbu mavsum fidoyilik va o'yinni to'g'ri tashkil etish orqali har qanday raqib bilan tengma-teng kurasha olishimizni bir necha bor ko'rsatdik. O'ylaymanki, Kubok bahsida ham CSKAdan yomon ko'rinmagandik. SHunchaki, ko'p sonli individual xatolar tufayli ular birinchi bo'limda 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi va keyin bu farqni yo'qqa chiqarolmadik. Biroq murabbiylar shtabi, jamoa bu xatolarni tahlil qiladi va keyingi o'yinda ularni takrorlamaymiz", – dedi Rahmonaliev.
CSKA – "Rubin" uchrashuvi 30 noyabr, shanba kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar