So’nggi yangiliklar

15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  1 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  9 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  1 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  6 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  10 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1

Ulug'bek Baqoev: "OCHLga yo'llanma olishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "OCHLga yo'llanma olishga harakat qilamiz"

Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Lokomotiv" jamoasini yaxshi bilamiz, tarkibi juda kuchli, amaldagi mamlakat vice-chempioni, qiyin o'yin bo'lishini oldindan bilardik. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman", - deb gap boshladi Ulug'bek Baqoev. 

- Qaysi o'yin qiyinroq bo'ldi? "Paxtakor" bilanmi yoki bugun "Lokomotiv"ga qarshi? 
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Uning statusiga qaramaymiz. Har bir o'yinga tayyorlanib maydonga tushamiz. Natija esa o'yinga qarab bo'ladi.

- "So'g'diyona" dastlab "Paxtakor"ni, keyin "Lokomotiv"ni mag'lub etdi. Bunga qanday erishildi?

- Bu futbol, agar har bir futbolchi 100 foiz kuchi bilan o'ynasa. Familiya yoki klassdan qatiy nazar harakat qilsa natija bo'ladi.

- Bugun sensaciya bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Bugun harakat qildik. Agar sesaciya desangiz mayli sensaciya bo'la qolsin. Bu haqda o'ylaganim yo'q.

- "So'g'diyona" bu mavsum qaysi o'rinlarga kurasha oladi?

- Bilasizmi, har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz va mavsum yakunida musobaqa jadvaliga qaraymiz.

- Savolni boshqacharoq beramiz: Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Vazifa har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynash.

- O'tgan yil OCHLga chiqish uchun ozgina etmay qolgandi. Bu yil shunga umid qilsa bo'ladimi?

- Biz harakat qilamiz. Hozir barcha jamoalar teng kuchli va kutilmagan natijalar hali ko'p bo'ladi.



Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика