Ulug'bek Bakaev: "O'yin vaqtini cho'zdik deb o'ylamayman"
27 mar 20:22
Yangiliklar
Ulug'bek Bakaev: "O'yin vaqtini cho'zdik deb o'ylamayman"
"O'yinni yaxshi boshladik va gol urdik. Goldan so'ng bo'shashdik va imkoniyatlarni boy bera boshladik. "Xorazm" tashabbusga ega bo'la boshladi. Gol ham urishlari mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ham vaziyat shunday kechdi. "Xorazm" gol urgandan keyin yaxshi o'yin namoyish eta boshladi. Jamomizni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. "Xorazm"ga keyingi o'yinlarda omad.
- Ketma-ket ikkinchi o'yindirki, "Buxoro" hisobda oldinda bora turib, vaqtni cho'zmoqda...
- Vaziyatlarni qayta ko'rib chiqish kerak. Aynan qaysi vaziyat ekanligini ko'rish lozim. Balki o'sha paytda kichik jarohatlar, o'yin qoidalari buzilishi bo'lgandir. O'sha vaziyatni yana qayta ko'rib chiqish kerak. Men o'yin vaqtini cho'zdik deb o'ylamayman. Sharoit shuni taqozo etdi. Bu futbol va futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Bu normal holat", - dedi Ulug'bek Bakaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar