So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Ular yanada kuchliroq bo'lib qaytishi lozim yoxud 2022 yilning eng omadsiz o'zbek sportchilari Yangiliklar

Ular yanada kuchliroq bo'lib qaytishi lozim yoxud 2022 yilning eng omadsiz o'zbek sportchilari

Teglar :  Olamsport.com
Ularga 2022 yilda chindan ham omad kulib boqmadi, deb ayta olamiz.

Ha, 2022 yil ham yakuniga etib bo'ldi, bir qancha sport turlarida, yo'nalishlarda muvaffaqiyatga erishildi, teskarisi ham bo'ldi (ha muvaffaqiyat bor joyda uning salbiy "sherigi" ham albatta bo'ladi). Yil yakunida esa barchaning uyida "olive" salati ham paqqos tushirib bo'lindi:) Endi o'tgan yilda unchalik ham omadi chopmagan o'zbek sportchilari haqida "dardlashamiz".

Birinchi navbatda shuni takidlashni istardimki, o'tgan yil davomida o'zbek sportchilari har jabhada faol bo'lishdi, ijtimoiy tarmoqlarda ham, musobaqalarda ham. Ammo shunday sportchilarimiz ham bo'ldi-ki, 2022 yil ular uchun unchalik ham omadli o'tdi, deya olmaymiz...

Zarruh Adashev

Samarqandlik sobiq UFC jangchisi 2022 yil davomida bir marotaba oktagonga ko'tarildi (4 iyun kuni yamaykalik Ode Osborn 11-5 ga qarshi). Ochig'i, bu jang hamyurtimiz uchun UFC'dagi so'nggi imkon edi (shartnoma jihatidan ham), ammo Zarruh Osbornga ilk raunddayoq imkoniyatni boy berib qo'ydi va tashkilotdan ketdi. Osborngacha Zarruh bu promoushenda uchta jang o'tkazib ulgurgan edi (ikkita jangda mag'lubiyat, yana bittasida g'alaba). Adashev 2022 yilda UFC'ga Bellator'dan 3:1 rekord bilan o'tgan edi, hikoya yakunida esa bu raqamlar 4:4 ga aylandi. Qisqa qilib aytganda, UFC va Bellator o'rtasidagi daraja farqini biz afsuski, hamyurtimiz misolida guvohiga aylandik.



Adashev Osbornga mag'lub bo'lganidan so'ng, 4:4 rekordida UFC'dagi "joni" tugadi va ushbu tashkilot bilan xayrlashdi. Xayrlashuv so'zlarida u ilk bora shartnoma imzolayotganlaridayoq yaxshi hissiyotlar qolmaganini takidlab o'tgan edi. Hamyurtimiz faoliyati shu bilan to'xtab qolmasligi, u yana jang qilishini bildirdi. To'g'ri, ko'pchilik muxlislar Zarruhni yaxshi taassurotlar bilan yodga olishmaydi, bu xato fikri ojizimcha. Hamyurtimizning yuqori nazoratida boshlangan jangni ham ko'rdik, xususan so'nggi jangi. Unga shunchaki bu yilda, umuman UFC'dagi kichik "sayohati"da omad etishmadi. Umid qilamizki, fevral oyida bo'lib o'tadigan navbatdagi jangida Samarqand o'g'loni huddi tahallusida bo'lgani kabi "sherdek" g'alabaga erishib, muxlislarini xursand qiladi. Har holda, unda isbotlashi lozim bo'lgan narsalar talaygina...

Mahmud Muradov

UFC'ga birinchi bo'lib "qadam qo'ygan", o'rta vaznda dunyo reytingida 32-o'rinda turuvchi hamyurtimiz...


Materialning to'liq qismini quyidagi sahifada o'qing > > > Ular yanada kuchliroq bo'lib qaytishi lozim yoxud 2022 yilning eng omadsiz o'zbek sportchilari

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика