So’nggi yangiliklar

14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  5 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  7 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  6 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  2 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   40 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  21 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  13 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  9

Futbolda ilk Olimpiada, omadli kelgan Parij-2024, bekor bo'lgan Osiyo o'yinlari - 2024 yili o'zbek sportida ro'y bergan eng shov-shuvli voqeliklar Yangiliklar

Futbolda ilk Olimpiada, omadli kelgan Parij-2024, bekor bo'lgan Osiyo o'yinlari - 2024 yili o'zbek sportida ro'y bergan eng shov-shuvli voqeliklar

Ortda qolayotgan 2024 yil o'zbek sporti uchun voqeliklarga boy bo'ldi.

Olimpiya yilida albatta Parijdagi muvaffaqiyatlar eng yodda qolarlisi bo'ldi. O'zbek sportchilari tarixda ilk bor 8 ta oltin medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o'rinni egallashdi. Lekin yaxshi bilasiz, yil faqat Olimpiadadan iborat bo'lmadi. Yil davomida sportimizda bir qator voqea-hodisalar kuzatildi.

Olamsport.com sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov tomonidan tayyorlangan materialimizda yil davomida o'zbek sportida ro'y bergan muhim voqeliklarni yodga qilamiz.


Futbolda ilk bor Olimpiadaga chiqdik

Qatarda futbol bo'yicha o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi finalga qadar etib bordi va tarixda ilk bor Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bungacha O'zbekiston jamoaviy sport turlarida Olimpiadada qatnashmagandi. 




"Suzib ketgan" va "savatga tushmagan" pullar

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sportda yuz bergan yirik talon-torojliklar haqida rasmiy malumot berdi. Avvaliga suzish federaciyasida 2 milliard so'mdan ortiq, basketbolda esa 489 million so'm atrofidagi talon-tarojlik haqida bayonot berdi. Bunday malumotlar avvallari rasmiy ravishda elon qilinmagandi. SHu sababli ham ushbu voqeliklar ro'yxatimizdan o'rin oldi. 




Voleybolda yo'llanma naqd qilingan jahon chempionatiga borilmagani
 

Voleybol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda o'tkazilgan U16 Osiyo o'yinlari yakuniga ko'ra, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Ammo malum sabablarga ko'ra, o'smirlarimiz tayyor jahon chempionatida ishtirok etishmadi. Voleybol federaciyamiz esa buni go'yoki JCH mezboni Bolgariya viza ko'magi taqdim etmagani bilan izohladi.




Olimpiya va Paralimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyat

2024 yili Parijda o'tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari O'zbekiston uchun har qachongidan ham muvaffaqiyatli keldi. Atletlarimiz Olimpiya o'yinlarida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritib, o'zbek sporti tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishdi - 13-o'rin!


Paralimpiyachilarimiz esa 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda 13-pog'onani band etishdi. Har ikki o'yinlarda ham vakillarimiz eng yaxshi natijalarni qayd etishdi. 




Diyora Keldiyorovaning oltin medali

Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova oltin medal qo'lga kiritish orqali bir necha rekordlarni o'rnatdi. U Olimpiadalarda oltin medal qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik ayol sportchiga aylanish bilan birgalikda, O'zbekiston dzyudo terma jamoasining Olimpiadalardagi ilk oltin medaliga ham mualliflik qildi. Yaponiyalik Abe ustidan qozonilgan g'alaba dunyo dzyudosi olamida katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bunday muvaffaqiyatdan so'ng Diyoraning hayoti butunlay o'zgarib ketdi. Yaxshi tomonga albatta. 

 



Boksda Olimpiadaning 5 ta oltin medali

Boks O'zbekiston uchun Olimpiadalardagi eng ko'p medal taqdim etuvchi sport turlaridan biri hisoblanadi. Albatta bu safar ham charm qo'lqop ustalarimizdan medallar kutilgandi. Lekin bitta Olimpiadada 5 ta oltin, shunchaki fantastika!




O'zbekistonlik sportchi ilk bor UFC reytingidan o'rin oldi 

Angrenda tug'ilgan MMA jangchisi Bogdan Guskov UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi top jangchilar qatoriga kirib oldi. Aprel oyida elon qilingan reytingda Bogdan 12-o'rinda qayd etildi. Bungacha O'zbekiston bayrog'i ostida oktagonga ko'tariladigan UFC jangchilari dunyoning eng nufuzli promoushenida TOP-15ga kira olmagandilar. 

 



SHaxmat Olimpiadasidagi bronza

Albatta ikki yil oldin CHennaydagi shaxmat Olimpiadasida qo'lga kiritilgan oltin medaldan so'ng bu yilgi bronza biroz past natijadek ko'rinishi mumkin. Ammo Butunjahon shaxmat Olimpiadasi shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqa hisoblanadi va bunday musobaqadagi medalning qiymati ancha yuqoridir. Yigitlarimiz 2026 yili O'zbekistonda o'tkaziladigan SHaxmat Olimpiadasida oltin medalni qaytib olishlariga ishonamiz.




Ilk bor FIFA musobaqasi - futzal bo'yicha JCHga mezbonlik qildik

14 sentyabr - 6 oktyabr kunlari futzal bo'yicha jahon chempionati O'zbekistonning uchta shahri - Toshkent, Andijon va Buxoroda tashkil etildi. So'nggi yillarda O'zbekiston bir qator sport turlariga yuqori saviyada mezbonlik qilib kelmoqda. FIFA shafeligi ostida kechgan mazkur jahon chempionati ham O'zbekistonda yuqori darajada o'tdi deya olamiz. 




Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi jang qildi

Bungacha professional bokschilarimiz bir qator katta janglarda qatnashishgan. Lekin xech kim P4P reytingi (vazn toifasidan qati nazar reyting) etakchisiga qarshi jang o'tkazmagandi. Isroil Madrimovning amerikalik Terens Kroufordga qarshi jangi boks olamida katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bokschimiz mazkur jang orqali yana bir daraja yuqoriga ko'tarildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Endi u fevral oyida WBC kamari uchun jang qiladi. 



SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari, Otabek Umarov esa raisning birinchi o'rinbosari bo'ldi

25 noyabr kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining navbatdagi 41-Bosh assambleyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev MOQ rahbari lavozimiga saylandi. Otabek Umarov esa qo'mita raisning birinchi o'rinbosari, SHerzod Tashmatov o'rinbosar lavozimlariga saylanishdi. Bundan buyon shahsan mamlakat rahbarining o'zi sportni nazorat qiladi. 

 


Toshkentda Osiyo o'yinlari bo'lmaydi

2 dekabr kuni Osiyo Olimpiya kengashi 2025 yili Toshkentda o'tkazilishi lozim bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari mezbonligi Bahraynga berilganligini elon qildi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi esa "Pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar etkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda O'zbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surishni" so'ragani haqida bayonot berdi.

Endi Olimpiya shaharchasi bitganidan so'ng bundan ham yirikroq musobaqalarga harakat qilib ko'rsak kerak.



Muallif : Aziz Tukhtamuradov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика