UEFA Ryudigerni diskvalifikaciya qilishi mumkin
03 apr 19:29
Yangiliklar
UEFA Ryudigerni diskvalifikaciya qilishi mumkin
UEFA Madrid "Real" klubi futbolchilari - Antonio Ryudiger, Kilian Mbappe, Daniel Sebalos va Vinisius Juniorga nisbatan ish ochdi.
Bunga "Atletiko" klubining ECHL 1/8 final uchrashuvidan keyin o'yinchilarning harakatlaridan norozi bo'lib topshirgan arizasi sabab bo'lgan.
UEFA katta ehtimol bilan Vinisius, Mbappe va Sebalosga nisbatan moliyaviy jazo bilan cheklanadi. Ryudigerning xatti-harakati esa "tahdid soluvchi" deb topilishi hamda nafaqat jarima, balki Chempionlar Ligasi o'yinlaridan diskvalifikaciya qilinishi ham mumkin.
Ehtimoliy variantlardan birida germaniyalik himoyachi 1/4 final doirasida "Arsenal"ga qarshi birinchi o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.
"Real" bu masala bo'yicha yakuniy qarorni juma kuni bilib oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar