So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Uchqun Qobilov: “Dinamo” kubok bahslarida faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi" Yangiliklar

Uchqun Qobilov: “Dinamo” kubok bahslarida faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi"

O'zbekiston Kubogi 1/16 final doirasidagi Xotira-79 - Dinamo (0:1) uchrashuvidan keyin Dinamo jamoasi katta murabbiyi Uchqun Qobilov o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

«Dastlabki turdagi Haqquloboddagi “Norin” bilan bahsdan keyin taqvimga ko'ra, “Dinamo” jamoasi 2-turda dam olgani bois jamoamiz malum muddat o'yin amaliyotisiz qolgani bugungi bahsda tasirini o'tkazmay qolmadi. “Dinamo” Pro-Ligada bo'lgani kabi kubok bahslarida ham faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi. Kubok o'yinlari “Dinamo” uchun yaxshi imkoniyat - Superliga klublariga qarshi maydonga tushib, o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni ko'rsatishimiz, sinashimiz mumkin. Bu katta tajriba bo'ladi. O'tgan 2017 yilgi mavsumda “Dinamo” yarimfinalga qadar etib kelgandi. Bu safar ham O'zbekiston Kubogida yaxshi natija qayd etishni maqsad qilganmiz.

O'yin davomida mezbon jamoa sanalmish “Xotira-79” klubi bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ikki jamoa uchun ham og'ir kechgan bahsda O'zbekiston Kubogi nimchorak final bosqichiga yo'llanma olganimizdan xursandmiz. Yigitlarimizga o'yin oxirigacha kurash olib borganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bugungi bahsda jamoamiz sardori Ilhom Yunusovning ikkinchi bo'lim boshida jarohat olgani sababli o'yinimizdagi rejalarimiz o'zgardi. SHu bois o'yin qo'shimcha daqiqalargacha davom etdi va eng asosiysi g'alabaga erishdik. Samarqandga qaytgach, Ilhom Yunusov tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning jarohati qay darajada ekanligi malum bo'ladi» – dedi Uchqun Qobilov.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика