So’nggi yangiliklar

09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  1 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида имконият Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  1 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  0 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   5 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  12 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  33 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  33 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  4 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  13

Ucell bilan Olimpiadaga: Bahodir Jalolovga ikkinchi oltin medal yo'lida kimlar raqib bo'lishi mumkin? Yangiliklar

Ucell bilan Olimpiadaga: Bahodir Jalolovga ikkinchi oltin medal yo'lida kimlar raqib bo'lishi mumkin?

Parij-2024 Olimpiadasi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Olimpiya o'yinlarida medal taqdim etishi mumkin bo'lgan sportchilarimizning imkoniyatlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Avvalroq Hasanboy Do'smatov va Abdumalik Xalokovning imkoniyatlari haqida gaplashgandik. 

Bugun Tokio Olimpiadasi va jahon chempioni Bahodir Jalolovning vaznidagi vaziyatga "ko'z yugurtiramiz". 

Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida eng og'ir +92 vazn toifasida ishtirok etadi. Mazkur vazn toifasida Jalolovdan tashqari yana 15 nafar sportchi, umumiy hisobda 16 nafar bokschi medallar uchun kurash olib boradi. 

Bahodir Jalolov albatta ushbu vazn toifasida yaqqol favorit hisoblanadi. Ammo bu Olimpiya o'yinlari va unga oddiy sportchilar kelmasligini inobatga olgan holda, unga kimlar asosiy raqib bo'lishi mumkinligini chamalab ko'ramiz. 


Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston)

Bahodirning uzoq yillik principial raqibi. Bir necha yil oldin Qamshibek Bahodir uchun noqulay raqib hisoblanardi. Ammo 2019 yildan boshlab o'zaro to'qnashuvlarda faqat Bahodir Jalolov g'alaba qozonib keladi. O'zaro hisob-kitoblarda ham Bahodir ancha oldinlab ketgan - 7:3. 

Bokschilarning so'nggi o'zaro jangi Xanchjoudagi Osiyo o'yinlari finali doirasida o'tkazilgan va unda Bahodir Jalolov g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. Qura bu safargi Olimpiya o'yinlarida ham ularni o'zaro to'qnashtirishi ehtimoli katta. 


Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon)

Superog'ir vazn toifasida medal uchun davogarlardan biri. Belgrad va Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionatlarida bronza medalini qo'lga kiritgan. 2023 yilda Polshada o'tkazilgan Evropa o'yinlarida esa finalgacha etib borish orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan. U Tokio Olimpiadasida ilk jangini aynan Bahodir Jalolovga qarshi o'tkazgandi. SHuningdek bir necha xalqaro turnirlarda ham bokschilar o'zaro jang qilishgan.


Darvoqe, sportchi va murabbiylar, muxlislar Parij Olimpiadasi vaqtida Ucell kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Qulay va arzon roumingni aynan Ucell sizga taqdim etadi.


Davom etamiz...

Delishes Ori (Britaniya)

Otasi nigeriyalik, onasi rus bo'lgan 27 yoshli Ori 7 yoshida oilasi bilan Angliyaga ko'chib ketgan. 2021 yilga kelibgina u Britaniya fuqaroligini olgan. SHundan so'ng Evropa chempionatida bronza, 2023 yilgi Evropa o'yinlarida esa oltin medalni qo'lga kiritib, Parij Olimpiadasiga licenziya olgan. Britaniyalik og'ir vaznlilar doim qiyin raqib hisoblangan. Bahodir Jalolov va uning murabbiylari ushbu raqibni ham yaxshilab o'rganib chiqishgan bo'lsa kerak. 

SHuningdek ushbu vazn toifasida Panamerika o'yinlari chempioni, amerikalik Joshua Edvards, -92 kg vaznda Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi Abner Teysheyra kabi bokschilarni ham alohida qayd etish lozim. 


+92 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida qatnashadigan bokschilar ro'yxati: 

Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon)

Delishes Ori (Britaniya)

Murad Kadi (Jazoir)

Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston)

Bahodir Jalolov (O'zbekiston)

Abner Teysheyra (Braziliya)

Joshua Edvards (AQSH)

Teremoana Junior (Avstraliya)

Diego Lenzi (Italiya)

Nelvi Tiafak (Germaniya)

Omar SHiha (Norvegiya)

Jamili-Dini Aboudu Muinze (Franciya)

Gerlon Kongo (Ekvador)

David CHaloyan (Armaniston)

Ayub Gadfa (Ispaniya)

Dimitro Lovchinski (Ukraina)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика